Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə43/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Документ DOCX

701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yig‘ilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga ko‘ra ushbu yig‘ilish o‘tkazilishi chog‘ida hozir bo‘ladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash to‘g‘risida hamda ushbu qarorni qabul qilish chog‘ida hozir bo‘lgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yig‘ilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonunchilikka va yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi.
(701-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
702-modda. Dalillarni ta’minlash
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki ma’muriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyin bo‘ladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, dalillarni ta’minlaydi.
Dalillarni ta’minlash maqsadida notarius guvohlarning ko‘rsatuvlarini yozib oladi, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmog‘idagi faktlarni tasdiqlaydi.
(702-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin