Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishi



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə46/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Документ DOCX

75-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishi
Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishiga to‘lov kimning foydasiga amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.
13-bob. IJRO XATLARI YoZISh
76-modda. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish
Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
77-modda. Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati
Ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar Ro‘yxati”.
78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari
Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab o‘tgan vaqt uch yildan ortiq bo‘lmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
79-modda. Ijro xatining mazmuni
Ijro xatida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
undirib oluvchining nomi va manzili;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
(79-moddasining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
undirib olinishi kerak bo‘lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo‘lgan narsalar, shu jumladan to‘lanishi kerak bo‘lgan penya, foizlar;
undirib oluvchi to‘lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati bo‘yicha undirib olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi.
Ijro xatini taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati bo‘yicha undirishni tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(80-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin