Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə45/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Документ DOCX

73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) o‘zga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
74-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 249-moddasi.
Notarius pul summalari va qimmatli qog‘ozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi bo‘yicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni topshiradi.
Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish uchun depozit hisobvarag‘ini ochishi kerak.
Notariusning shaxsiy mablag‘larini ushbu hisobvaraqqa o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Notarius qarzdorga depozit hisobvarag‘i ochilgan bankka taqdim etish uchun pul mablag‘lari depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma beradi.
Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvarag‘iga qabul qilingan pul mablag‘larini va qimmatli qog‘ozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun to‘lov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi — yettinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin