«Tasdiqlayman» Nukus innovatsion instituti rektori ____________ A. A’zamov «___»___________ 2024 yil Ro‘yxatga olindi: № ________________
2024 yil ____ ____________________
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI
FANINING O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar soha
Ta‘lim sohasi:
120000 – Gumanitar fanlar
Ta‘lim yo‘nalishi:
60110200 – Maktabgacha ta`lim
Nukus-2024
Fan/modul kodi BJT208
O’quv yili 2025-2026
Semestr 3,4
ECTS kreditlar 4/4
Fan/Modul turi Majburiy
Ta’lim tili O’zbek/Qoraqalpoq
Haftadagi dars soatlari 4/4
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Bolalar jismoniy tarbiyasi
120
120
240
2.
I. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning yosh, fiziologik va ruhiy holatini o‘rgatish, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish metodikasi fanining ilmiy-pedagogik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarga asosiy harakatlarni o‘rgatish, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishni, maktabgacha ta’lim muassasalarida kundalik faoliyat davomida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish haqida bilim berish.
Fanning vazifasi – talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga asosiy harakatlarni o‘rgatishni, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasini, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasini, maktabgacha ta’lim muassasalarida kundalik faoliyat davomida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish vazifalarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Bolalar jismoniy tarbiyasi predmeti va asosiy tushunchalari Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasida tadqiqot metodlari.
2-mavzu. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining tadqiqot metodlari. Kuzatuv, maktabgacha ta’lim muassasasi ish hujjatlarini o‘rganish,anketa, anketa turlari,pedagogik eksperiment,pedagogik eksperimentni o‘tkazish bosqichlari
3-mavzu. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi. SHarq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari. Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi.O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi
4-mavzu. Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari. Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari.
5-mavzu. Ta’lim metodlari va usullari tasnifi. Kurgazmali, amaliy va og‘zaki metodga oid usullar. Harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash .
6-mavzu. Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi haqida bilim berish.
7-mavzu. Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi.Jismoniy mashqlarning mazmuni.Jismoniy mashqlar texnikasi. Fazoviy xaakteristika(dastlabki holat, gavda qismlarining holati, traeketoriya)
8-mavzu:Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish. Emaklab yurish va tirmashib chiqish mashqlari. Umumiy rivojlantirish mashqlari. Bolalarni suzishga o`rgatish.
9-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari Ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Ikki va uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy tarbiyasi.