O\'zbekistonda amalga ishirilayotgan ijtimoiy islohotlar (Mustaqil ish Tarix)
XULOSA:
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jadallashgani va O‘zbekiston yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘ygani, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy, ilmiy muhitning o‘zi esa ancha murakkab va serqirra bo‘lib borayotgani, bu sodir bo‘layotgan jarayonlarni uzluksiz tahlil qilishning, tezda tuzatishlar kiritishning, boshqaruvni takomillashtirish va o‘sishning yangi manbalarini kreativ tarzda topishning dolzarbligini oshirishi barchaga ayon bo‘ldi. Shuning uchun 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish hamda ularni umumxalq muhokamasiga kiritish jarayonining boshlanishi qonuniy ko‘rinadi. Shuningdek, asosiy konsepti “inson – jamiyat – davlat” bo‘lgan islohotlar falsafasining keyingi evolyutsiyasi tabiiy ko‘rinadi.
Rivojlangan demokratik jamiyatda ijtimoiy himoya vazifalarini davlat o‘z zimmasiga oladi. Aytish joizki, ushbu masala O’zbekistonda ham ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan. Ya’ni mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekiston taraqqiyotining yetakchi tamoyili hisoblanadi.
O’tgan yillar davomida bizda ijtimoiy himoyaning huquqiy asosi yaratildi va mustahkamlandi. Bu tamoyillar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolati yaratildi. Ishsizlik muammolari hal etilmoqda.
Muhimi, ular bugun yurtimizda bu borada, ya’ni ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami tobora kengayib borayotganidan, fuqarolar manfaati ustuvor ekanligidan dalolatdir.