263
– tishlarni muntazam tozalab turish
– pastki tishlarni, pastdan yuqoriga qarab yuqoridagi tishlarni, yuqoridan
pastga qarab tozalash lozim.
–og‗izni muntazam ravishda tozalab, turish ayniqsa ovqatlangandan so‗ng;
– milklarni uqalab turish
Tirnoq va qo„l gigiyenasi
Tirnoq odatda sekin o‗sadi. o‗rta hisobda qo‗l tirnoqlarni haftasiga 1 mm ga
, oyoq tirnoqlari 0,2 mm gacha ). Shuning uchun tirnoqni har 7 kundan olish yoki
qirqib turish lozim, tirnoq juda o‗sib ketgan taqdirda uning ostiga tez kir
to‗planadi. U sinuvchan bo‗lib qoladi.
Tirnoq ostidagi kirni bateriologiq nuqtai nazardan tekshirilib ko‗rilganda,
uni tarkibida qorin tifi, ich burug‗, gijjalarni tuhumlari yiringlatuvchi bakteriyalar,
turli tuman mog‗orlar va hattoki qichitma qo‗zg‗atuvchisi ham topiladi.Tirnoqni
manikyur qilish foydali lekin uni hadeb bo‗yayverish kerak emas.
Tirnoqni sinuvchan bo‗lib, qolishining asosiy sababi atseton va lakni
keragidan ko‗p miqdorda ishlatish yoki limon shirasi va sirka kislatosi yordamida
oro berishdir.1,5 oy maboynida 1 marta pedikyur etarli hisoblanadi.
Ba‘zi bir olimlar ich burug‗ kasalligini ―iflos qo‗l‖ kasalligi deb
ta‘riflaydilar. Kasal tarqatuvchi mikrob va gijjalarni iflos, yuvilmagan qo‗l orqali
ovqat mahsulotlariga yuqtiriladi. Qo‗lni faqat erta bilan yoki qechqurun emas,
balki har qanday ishni bajargandan so‗ng, albatta yuvish zarur.
Qo‗lni yuvish ovqat tanovul qilinishdan oldin yoqi hojatxonadan so‗ng
albatta amalga oshirish lozim. Bu narsa quyidagi mutaxasis va kasb hodimlari
uchun majburiy bo‗lishi kerak:ovqat tayyorlash va pishirish hodimlari, ovqatli
mahsulotlar bilan aloqadagi ishchilar, davolash muassasalari, sartaroshlik, bolalar
muassasalari va vodoprovod stansiya xodimlari.
Qo‗llarni tez-tez yuvib turish bilan birga bog‗liq bo‗lgan kasb xodimlari qo‗l
terisini yumshatuvchi va mayinlovchi kremlardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: