Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Гигиена дарслик ПДФ

 
Absorbsiya
 
Yutish, so‗rish singdirish. Moddalarni adsorbent (shimuvchi 
jism)ning butun hajmiga singishi (so‗rilishi).
 
Avitaminoz 
Organizmda 
vitamin 
etishmasligi 
natijasida 
paydo 
bo‗ladigan kasallik.
Avtoklav 
Suv bug‗i ta‘sirida bosim ostida ishlaydigan qopqoqli qozon. 
Avtomaks 
Dezinfekeiya qiluvchi suyuqliklarni avtomatik ravishda 
sochuvchi apparat. 
Alimentar 
Ovqat hazm qilish hamda modda almashinuviga hos degan 
so‗z. 
Akserilizatsiya 
Bolalar 
va 
o‗smirlarning o‗sishi hamda jismoniy 
rivojlanishini tezlashishi. 
Aktivlashgan 
ko‗mir 
Mahsus tayyorlangan ko‗mir; bu ko‗mir suyuq modda 
zarralarini va har xil zaharlarni, gazlarni o‗tkazib yubormay 
o‗zida olib qoladi. 
Allergen 
Allergiyaga sabab bo‗ladigan antigen hususiyatga ega 
modda 
Allergiya 
Maxsus allergen ta‘sirida shu allergenga nisbatan organizm 
sezuvchanligini ortishi 
Ampula 
Suyuq va ba‘zi quruq dorilarni steril holda saqlash uchun 
tayyorlangan shisha naycha 
Analiz 
Murakkab, bir butun narsani tarkibiy elementlarga ajratish, 
tekshirish natijalarini izohlash, fikrlash, xulosa chiqarish, 
baho berish 
Anemiya 
Kamqonlik, qonda eritrotsitlar va gemoglobinni kamayib 


270 
ketishi hamda ularning sifatiy o‗zgarishi bilan ifodalanuvchi 
kasallik 
Anemometr 
Havo tezligini yoki kuchini o‗lchaydigan asbob 
Antivitaminlar 
Kimyoviy tuzilish jihatdan vitaminlarga o‗xshash, ammo 
ular ta‘sirini bartaraf etuvchi moddalar 
Antropometriya 
Odamning yoshi, kasbi, jinsiga aloqador va hakozolarni 
aniqlash uchun tana va uning qismlarini o‗rganish 
Apteka 
Dori moddalari, sanitariya va bemor uchun uskunalarni 
saqlaydigan, dorilar tayyorlaydigan va sotadigan muassasa 
Aspirator 
yaralarda, organizmning turli ochiq va yig‗ilib qolgan 
suyulikni so‗rib olish uchun ishlatiladigan asbob 
Atmosfera 
Er yuzini o‗rab turgan havo qatlami 
Aeratsiya 
Shamollatish, havoni almashtirish, yangilash 
Aerazol 
Qattiq yoki suyuq dispers fazani gazsimon muhitda bir xil 
tarqalishi 
Aerotenk 
Mahsus quritilgan havza bo‗lib,bundan oqib o‗tuvchi iflos 
suvni havo bilan puflab tozalanadi 
Aerofiltr 
Oqava suvlarni havo ta‘sirida zararsizlantirish va ulardagi 
organik moddalarni mineral tuzlarga aylantiruvchi maxsus 
filtr 
Bakterologik 
labaratoriya 
Mikroblarni aniqlash bilan shug‗ullanadigan labaratoriya 
Bakterologik 
nazorat 
Turli muhitda o‗stirilish yo‗li bilan tekshirilayotgan 
materialda bakterial flora mavjudligi va uning tarkibini 
aniqlash 
Barokamera 
Odam va hayvonlarning barometrik bosimga munosabatini 
tekshirish uchun yasalgan germetik berk xona 
Beri-beri 
Ovqatda V
1
vitamini etishmasligi natijasida paydo 
bo‗ladigan kasallik 


271 
Berillioz 
O‗pka, teri limfotik tugunlarining beriliy tuzi bug‗lari yoki 
changidan zaharlanishi 
Bioblast 
Tirik hujayra 
Biologik faol 
moddalar 
Organizmda mavjud bo‗lib, hayotiy jarayonlarga ta‘sir 
ko‗rsatadigan kimyoviy moddalar. 
Biomassa 
Biror 
biosinoz 
tarkibiga 
kiruvchi 
jami 
individlar 
yig‗indisidagi organik moddaning va shu moddadagi 
energiyaning umumiy miqdori 
Biosfera 
Tirik mavjudotlarning tarqalishi mumkin bo‗lgan er 
kurrasining qobiq qismi, atmosferaning quyi qismi
gidrosfera va litosferaning yuqori qismini o‗z doirasiga oladi 
Ventilyasiya 
SHamollatish-turli tuzilma va moslamalar vositasida binolar 
havosini yangilash 
Vitamin 
Odam, hayvon va o‗simliklarning hayot faoliyati va normal 
moddalar almashinuvi uchun zarur bo‗lgan organik 
birikmalar guruhi 
Vitaminalogiya 
Vitaminlar haqidagi fan 
Vodoprovod 
Suvni quvurlar orqali tarqatuvchi inshoat 
Vrach 
epidemiolog 
Yuqumli 
kasalliklar 
epidemiologiyasi 
bo‗yicha 
tayyorgarlikdan o‗tgan mutaxassis vrach
Gelioterapiya 
Quyosh nurlari bilan davolash 
Gigiyenik samara Gigiyenik tadbirlar samaradorligi 
Gigiyenik me‘yor Gigiyena ilmiga asoslanib belgilangan me‘yor 
Gigiyenik 
Gigiyenaga doir yoki biron masalani gigienaga muvofiq hal 
etish 
Gigrograf 
Havo namligi ko‗rsatkichlarini yozib oladigan asbob 
Gigroskopik 
Nam yutuvchi, suv shimuvchi, suv tortuvchi, namlanuvchi 
Gidroaeroionizato
rlar 
Havoni ionlashtiruvchi apparatlar 


272 
Gipovitaminoz 
lar 
Ovqat tarkibida etarli miqdorda vitminlar bo‗lmasligi 
natijasida organizmda vitamin etishmaslik holati 
Gazsizlantirish 
Zaharli gazlarni yo‗qotish 
Degustatsiya 
Ta‘tib ko‗rish, tamini bilish, oziq-ovqat, ichimliklarni ta‘tib 
ko‗rib ularga baho berish 
Dezinfeksiya 
Mikroblarni yo‗qotish, turli vositalar bilan tashqi muhitdagi 
mikroblarni qirish 
Dekompressiya 
Bosimning birdan kamayib ketishi, pasayishi, yo‗qolishi.
Demografiya 
Aholi soni va tarkibiy qismlarini tekshirish va ta‘riflash 
Depigmentatsiya 
Teri va boshqa organlarda pigmentlarning yo‗qolishi 
Depo 
Organizmda turli moddalarning zahira sifatida to‗planadigan 
joyi 
Deratizatsion 
vositalar 
Kemuruvchilarni yo‗qotish uchun ishlatiladigan 
Desensibiliza 
siya 
Organizm allergik xolatining kamaytirilishi yoki umuman 
yo‗qotilishi 
Deffektor 
Dorixona hodimi, ombordan kelgan dorilarni qabul qilib 
oladi, labaratoriya ishlarini ham bajaradi, konsentratlar va 
yarim tayyor dorilarni tayyorlaydi 
Dietologiya 
Odamni parhez ovqat bilan davolash to‗g‗risidagi tibbiyot 
fani 
Dinamometr 
Mexanik kuchni yoki muskullarning kuchini masalan qo‗lni 
kuchini o‗lchaydigan asbob 
Dinamometriya 
Turli muskullar guruhini kuchini o‗lchash usuli jismoniy 
rivojlanish darajasini tariflaydi 
Diskomfort 
Noxushlik 
Distrofiya 
Moddalar almashinishinig buzilishi, oqat etishmasligi, 
organizmni ovqat hazm qilishi buzilishi natijasida yuz 
beradi 


273 
Doza 
Organizmga bir vaqtda kiritiladigan dori yoki beriladigan 
rentgen va boshqa nurlarning miqdori 
Draje 
Ichish uchun mo‗ljallangan qattiq dori shakli bo‗lib, unda 
dori vositalari va yordamchi modda qavat-qavat qilib 
joylashtiriladi 
Zahira 
Organizmda vaqtincha g‗amlab qo‗yilgan ehtiyojga qarab 
sarflanadigan moddalar. 
Zaryadka 
Organizmning hayot faoliyatini jadallashtirish uchun 
qilinadigan ertalabki jismoniy harakatlar. 
Idioadaptatsiya 
Evolutsiya jarayonida hosil bo‗ladigan ayrim sharoitlarga 
qisman moslashish. Masalan, himoya rangi 
Izoliyator 
Kasallik 
natijasida 
isitmasi 
ko‗tariladigan bemorni 
boshqalardan alohidalash uchun klinikalarda ajratilgan 
maxsus xona 
Izotoplar 
Atom og‗irligi har xil ammo yadrolardagi elektr zaryadlari 
bir xil bo‗lgan elementlar. 
Ingoliyasiya 
Dorilarni yuqori nafas yo‗llariga gaz yoki bug‗ holida 
kiritish 
Ingridient 
Murakkab dori tarkibiga kirib, asosiy dori miqdorini 
ko‗paytirish yoki noxush hid va ta‘mni yo‗qotish uchun 
qo‗shiladigan modda 
Individium 
Shaxs, mustaqil hayot kechiradigan har bir tirik organizm 
Indikator 
Turli kontrol o‗lchov asboblarini umumiy nomi; kimyoviy 
jarayonlar hususiyati tamom bo‗lganida ko‗rsatish uchun oz 
miqdorda qo‗shiladigan modda 
Indikatsiya 
Ma‘lum bir hodisani, ta‘sirini, moddani belgilash, aniqlash. 
Inspeksiya 
Davlat sanitariya inspeksiyasi - ogohlantiruvchi sanitariya 
inspeksiyasi va qonun bo‗yicha joriy qilinadigan sanitariya – 
gigiena 
normalari 
hamda 
talablarining 
muassasalar 


274 
tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladigan davlat 
idorasi 
Insektitsidlar 
Bo‗g‗im oyoqli hashoratlarni yo‗qotish uchun ishlatiladigan 
moddalar. 
Insolyasiya 
Quyosh nuri bilan nurlatish; organizmni quyosh nurida 
toblash 
Instinkt 
Ma‘lum sharoitda muayyan turga xos bo‗lgan murakkab 
xulq-atvorlar majmuasi 
Insuffliyator 
Dorilarni burunga, ko‗zga va boshqa bo‗shliqlarga puflab 
yuborish uchun qo‗llanadigan asbob. 
Insuffliyasiya 
Puflash quruq moddalarni eng mayda parashoklarini 
burunga, tomoqqa, ko‗z shilliq qavatlariga puflab kiritish 
Integratsiya 
Biriktirib bir butun qilish 
Intoksikatsiya 
Zaharli moddalarning umumiy ta‘siri natijasida organizmda 
ro‗y beradigan patalogik holat 
Infiltrat 
Yallig‗lanish tufayli to‗qima ichida to‗plangan va shu 
to‗qima uchun normal bo‗lmagan massa 
Kaloriyalik 
Ma‘lum miqdorda narsani to‗liq yondirganda ajralib 
chiqadigan issiqlikning kalloriyalar bilan ifodalanishi 
Kalorimetriya 
Turli fizik yoki kimyoviy reaksiyalar vaqtida hosil 
bo‗ladigan yoki yutiladigan issiqlikni miqdorini o‗lchash 
Kaloriya 
Issiqlik miqdorini o‗lchov birligi 
Kamera 
Organik qoldiqlarni zararsizlantirish uchun qurilgan inshoot 
Kanalizatsiya 
Uy-joylardan chiqadigan mag‗zava, suyuq chuqindilar va 
yuvindilarni er ostiga ko‗milgan maxsus quvurlar orqali 
oqizib, tozalash inshootlariga etkazish amalga oshiriladi 
Kanserogenlik 
Xavfli o‗smalarni keltirib chiqaradigan xususiyat 
Kanserogenlar 
Saraton kasalligini paydo qiluvchi moddalar 
Kapsula 
Achchiq, bemaza dorilarni solib ichishga mo‗ljallangan 


275 
kichkina, qattiq yoki yumshoq, oshqozon ichida erib 
ketadigan g‗ilof 
Karantin 
Yuqumli kasallik paydo bo‗lgan jamoaga va joylarga boshqa 
kishilarni 
kiritmaslik; 
kasallikni 
boshqa 
kishilarga 
yuqtirmaslik uchun bemorni alohida saqlash 
Katatermometr 
Kichik havoning xarakatini aniqlovchi asbob 
Kvashiorkor 
Go‗dak bolalarni tarkibida oqsil moddasi bo‗lmagan 
o‗simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqat bilan boqish 
natijasida ro‗y beradigan og‗ir o‗zgarish 
Koli-indeks 
Bitta ichak tayoqchasi topilgan suvning eng kam miqdori 
Koli-titr 
Bitta ichak tayoqchasi topilgan suv miqdori 
Kolorimetr 
Standart eritma rangining intensivligi bilan solishtirish 
asosida tekshiriluvchi eritmaning konsentratsiyasini va 
uning xarakteristikasini aniqlaydigan asbob 
Kolorimetriya 
Turli moddalar miqdorini, ularning bo‗yalishiga, rangining 
intensivligiga qarab belgilash
Konsentratsiya 
Biron eritma yoki erituvchida erigan moddaning og‗irlik 
yoki hajm bilan o‗lchanuvchi miqdori 
Koeffitsient 
O‗zgarishlar yoki ikki ayrim o‗lchamlar munosabatining 
ifodasi 
Ksenobiotiklar 
organizmga yot bo‗lgan kimyoviy birikmalar 
Kumulyasiya- 
Dori vositalari va zaharli moddalarning organizmga 
to‗planib yoki yig‗ilib qolishi 
Laboratoriya 
Turli tekshirish ishlari va amaliy mashg‗ulotlar o‗tkazish 
uchun mo‗ljallangan xonalar yig‗indisi
Lazer 
Optik nurlanish manbai 
Letal doza 
O‗ldiradigan miqdorni ko‗rsatuvchi shartli LD
50
- turli 
dorivor moddalarning zaxarliligini aniqlashda ishlatiladigan 
belgi 


276 
Lipidlar 
Organik eritmalarda eruvchan va suvda erimaydigan 
moddalar turkumi
laboratoriya 
jihozlari 
Laboratoriyada bajariladigan ishlar uchun kerakli turli 
jihozlar 
Metod 
Biror tekshirish sohasida yoki biror ishni amalga oshirish 
maqsadida qo‗llaniladigan chora yoki tadbir 
Mikroelement 
lar 
O‗simlik va to‗qimalarda kichik miqdorda doim bo‗ladigan, 
ammo organizm hayot faoliyatida ahamiyati katta bo‗lgan 
kimyoviy elementlar 
Mutatsiya 
Hayot sharoiti o‗zgarishi natijasida organizmlar belgilari va 
xususiyatlarining to‗satdan o‗zgarishi yoki yangi belgilar 
hosil bo‗lishi 
Mehnatga 
yaroqsizlik 
Ishga yaroqsiz bo‗lib qolish, betoblik, bedarmonlik, 
shikastlanish natijasida ish qila olmaslik 
Metabolizm 
Organizmda to‗xtovsiz o‗tib turadigan jami kimyoviy 
o‗zgarishlarning majmui 
Narkomaniya 
Narkotik moddalarga, giyohlarga o‗rganish, bangilik, 
giyohvandlik, narkotik moddalarni doimo va borgan sari 
ko‗p miqdorda qabul qilishga moyillik shaklida 
kuzatiladigan kasallik 
Onalik 
va 
bolalikni 
muhofaza qilish 
Ayollar sog‗ligini saqlash va mustahkamlash, sog‗lom bola 
tug‗ilishi va tarbiyalanishini taminlashga qaratilgan davlat 
va jamoatning tibbiy, ijtimoiy tadbirlari sistemasi 
Oziq- ovqat 
Bevosita qabul qilishga tayyor bo‗lgan tabiiy yoki sanoatda 
kulinariya bilan ishlangan ozuqa mahsulotlari yig‗indisi
Oziqa moddalar
O Ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan va organizm 
tomonidan o‗z hayotiy faoliyatini ta‘minlash uchun
iste‘mol qilinadigan organik va va noorganik moddalar 
Populyasiya 
Ma‘lum hududni egallagan umumiy genofondga ega 


277 
bo‗lgan, o‗zaro erkin chatishuvchi bir turga mansub 
mavjudodlar majmuasi 
Pog‗ona dozasi 
Dori vositalari yoki zaharli moddalarning ta‘sir ko‗rsata 
boshlaydigan miqdori 
Poroshoklar 
Juda mayda sochiluvchi dori turi 
Prognoz 
Biror hodisaning, voqeaning rivojlanishi va natijasi 
to‗g‗risida bor ma‘lumotlarga asoslanib oldindan xabar 
berish 
Protivogaz 
Organizmga nafas bilan kirishi mumkin bo‗lgan zaharli 
gaz va tutun, tumanlardan saqlanish uchun 
qo‗llaniladigan asbob 
Profilaktika 
Kasallik yuqish xavfi bo‗lgan odamlarda tezda kasallikning 
oldini olish chora tadbirlari 
Profilaktoriy 
Kasallik yuqish xavfi bo‗lgan odamlarda tezda kasallikning 
tezda oldini olish choralarini ko‗radigan muassasa 
Rad 
Ionlovchi nurlanishning yutilgan energiyasini o‗lchash 
birligi 
Radiatsiya 
xavfsizligi 
Ionlashtiruvchi nurlarning aholi va atrof muhitga ta‘sirini 
bartaraf qilish yoki chegaralashga tadbirlar sistemasi 
Ratsion 
Oziq-ovqat va mahsulotlarining kunlik taqsimlangan 
miqdori 
Reagent 
Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan modda 
Reaktiv 
Har xil kimyoviy birikmalar olish, moddalar xususiyatini 
aniqlash, sintez qilish uchun , umuman umuman kimyoviy 
reaksiyalarda ishlatiladigan modda 
Reglament 
Farmatsiyada chiqariladigan har bir dori vositasining 
texnologik ish tartibi yozilgan asosiy hujjat 
Rezorbsiya 
Ba‘zi moddalarning ichak yoki teri orqali so‗rilishi 
Refleksogen 
Maxsus retseptorlar qo‗zg‗alishi natijasida spetsifik refleks 


278 
tug‗diruvchi 
Reflektor 
Yorug‗lik nurlarini yoki tovush to‗lqinlarini akslantirib 
beruvchi, qaytaruvchi asbob 
Retsept 
Shifokorning farmatsevtga xat orqali murojaati 
Retseptura 
Retsept bo‗yicha tayyorlangan dorilarni bemorga 
beradigan dorixona bo‗limi 
Rostomer 
Odam bo‗yini o‗lchash uchun mo‗ljallangan asbob 
Sedimentatsiya 
Suyuqlikda mayda parchalarni yoki makromolekulalarni 
og‗irlik kuchi yoki markazdan qochish kuchi ta‘siridan 
cho‗kishi 
Sensibilizatsiya 
Organizmni biror ta‘sirotga, allergiyaga nisbatan juda 
sezgir bo‗lib qolishi 
Stansiya 
Vrachlik-kuzatish stansiyalari- mamlakat ichkarisiga 
chetdan yuqumli kasalliklarni o‗tkazmaslik uchun davlat 
chegaralarini sanitariya jihatda muhofaza qiladigan 
muassasalar 
Tabletkalar 
aralashmasini presslab olingan, dozalarga bo‗lingan, qattiq 
dori turi 
Termoanemometr Havo oqimida jism harakatining o‗zgarishiga qarab shamol 
tezligini aniqlovchi asbob 
Termometr 
Haroratni o‗lchaydigan asbob 
Toksikolog 
Zaharli moddalarni ta‘sirini o‗rganuvchi mutaxassis 
Toksikologiya 
Zaharli moddalarning hususiyatlarini va organizmga ta‘siri 
natijasida vujudga keladigan o‗zgarishlarni, shuningdek 
zaharlanishni oldini olishnio‗rganuvchi fan 
Filtratsiya 
Suyuqlik yoki gazlarning ma‘lum bosim ta‘sirida suzgich 
orqali o‗tishi 
Ekologiya 
Organizmlarning o‗zaro va tashqi muhit bilan
munosabati qonuniyatlarini o‗rganuvchi fan 


279 
Ekzogen 
Tashqi muhit ta‘sirida kelib chiqqan, organizmga biror 
tashqi omilning ta‘siri tufayli ro‗y bergan 
Eksperiment 
Ilmiy nuqtai nazardan qo‗yilgan tajriba, tekshiriladigan 
hodisani aniq hisobga olinadigan sharoitlarda kuzatish 
Ekstrakt 
suyuq engil- oson qo‗zg‗aluvchan, spirt-suvli ajratmalar 
Endemiya 
Biror jo‗g‗rofiy sharoitdagi tabiiy omillar taqozosi bilan 
o‗sha joyda uchraydigan kasallik 
Endogen 
Organizmning ichki muhitiga bog‗liq bo‗lgan sabablar 
natijasida vujudga keladigan narsa, birorta hodisaning
ichki muhitga bog‗liq bo‗lishi 
Epidemiya 
Biror yuqumli kasallikning, asosan infeksiyalarning bir 
o‗lkada odamlar orasida yoppasiga tarqalishi 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin