Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Muammoli masalalar va topshiriqlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə27/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
Muammoli masalalar va topshiriqlar:

  1. Konkret misollarda o’qitishning muntazamlilik va izchillik, ilmiylik va tushunarlilik prinsiplarini bilganligingizni tushuntiring.

  2. «Tabiatshunoslik» darsligidan maqolalarni tahlil qiling. Undagi nazariyaning amaliyot bilan bog’langanligini aks ettirgan materialni toping.

  3. Tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarning puxta o’zlashtirilishi nimalar bilan taminlanadi?

  4. Maktabda tabiatshunoslik darslariga kirganingizda qaysi didaktik prinsiplardan foydalanilganini aniqlang?

  5. O’qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo’ladi?

  6. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’lkashunoslik prinsipining mohiyatini izohlab bering.

  7. Konkret misollar asosida nazariyani amaliyot bilan bog’lash haqida ma’lumot bering.

  8. Tabiatshunoslik fanidan tutilgan daftarlarda, o’lkashunoslik prinsipini amalga oshirish yo’llari va boshqa prinsiplar bilan bog’liqligi haqida xulosalar yozing.

  9. Mavsumiylik va o’lkashunoslik prinsiplarining bir-biriga bog’lovchi xususiyatlarini tahlil qiling.

  10. Innovasiya va integrasiya prinsiplarining tabiatshunoslik fanida tutgan o’rni haqida axborotlar tayyorlang.



Bilimlarni tekshirish uchun savollar.

1. Tabiatshunoslik o’qitishning asosiy prinsiplariga qaysi prinsiplar kiradi?


2. O’qitishda muntazamlilik deb nimani tushunasiz?
3. Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi nima bilan belgilanadi?
4. Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik prinsipining mazmunini izohlab bering.
5. O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish prinsipini tahlil qiling.
6. Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lashning ahamiyatini ko’rsating?
7. Nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi qaysi yo’llar bilan amalga oshiriladi?
8. O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi prinsipi qanday vazifalarni o’z ichiga oladi?
9. O’quvchilarning ijodiy faolligi nimalar bilan bog’liq?
10. Ko’rgazmalilik prinsiplarining asosiy vazifalarini izohlab bering.
11. Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni qaysi shakllarda bajarish mumkin?
12. Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish o’quvchilarni qaysi faoliyatlarini amalga oshirishni ta’minlaydi?
13. Tabiatshunoslikni o’qitishda bilimlarni puxta o’zlashtirish prinsipining ahamiyati nimada?
14. Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun qanday vazifalarni bajarish kerak?
15. Tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarning puxta o’zlashtirilishi nimalar bilan ta’minlanadi?
16. O’qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo’ladi?
17. Bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish qanday ahamiyatga ega?
18. O’quvchilarga individual yondashish qanday faoliyatlarni rivojlanishini ta’minlaydi?
19. Individual yondoshish deb nimani tushunasiz?
20. Maktab o’lkashunosligining vazifasi nima?
21. O’lkashunoslik prinsipining vazifasi nima?
22. O’lkashunoslik prinsipi qaysi didaktik prinsiplardan foydalanishga imkon beradi?
23. Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi usullardan foydalaniladi?
24. Jonajon o’lkani o’rganish qaysi yo’llar bilan olib boriladi?
25. Maktab atrofimizdagi joyga mos qilib, 3 yoki 4-sinf uchun o’lkashunoslik ekskursiyasi rejasini tuzing.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin