Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


– mavzu Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish va rivojlantirishning uslubiy asoslari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə30/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
8 – mavzu Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish va rivojlantirishning uslubiy asoslari.

Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirish asoslari.


2. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish va o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishining metodi xususiyatlari
3. Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish
4. Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o’zlashtirishini ta’minlovchi metodik sharoitlar.
5. Mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish

Adabiyotlar ro’yxati



  1. Asosiy adabiyotlar: 9, 10, 18, 28.

  2. Qo’shimcha adabiyotlar: 8, 15, 16, 17.



Tayanch iboralar: tasavvur, tushuncha, tabiatshunoslik tushunchalari, yakka tushunchalar, yig’ma tushunchalar, taqqoslash, tahlil qilish va sintez, tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirish

Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi, tabiatni kuzatishga o’rgatish, mehnat ko’nikmalarini egallash va tabiatga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ana shu muhim talabni bajarish avvalo tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi.


Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshirish, ayniqsa, o’quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to’g’ri tashkil qila olishdadir.
O’quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to’g’risida aniq tasavvurlar hosil qilish, o’rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog’lash, hissiy idrok qilish muhim ahamiyatga egadir. Ya’ni tabiatshunoslik fanlarini o’rganish jarayonida olgan bilimlarini real borliq bilan, ongli ravishda munosabat o’rgatishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo’llarini qo’llash, o’quv jihozlarini olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog’lab tushuntirish lozim.
Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik tushunchalarning shuningdek, tabiatda boradigan fizik, kimyoviy jarayonlar to’g’risida elementar tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi.
Har bir tabiatshunoslik darsida eng muhim maxsus tushunchalarni ajratish g’oyat muhimdir, ular tabiatshunoslik tushunchalarini izchillik bilan kengaytirib borishini qulaylashtiradi, ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta’minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari – bu umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar hodisalar, jismlarnin butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir.
Chunonchi, «o’simliklar» tushunchasiga barcha o’simliklar uchun umumiy bo’lgan muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o’sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko’payadi, ya’ni tirik organizmlar hisoblanadi.
Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak;
Tasavvur – bu sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir. Tushuncha – tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O’sha qush to’g’risida tushuncha hosil qilish uchun esa konkret bilimlar va ularni sistemalashtirish bo’yicha fikrlash kerak bo’ladi.
Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, «barg»tushunchasi daraxt, buta, o’t o’simliklari o’sadigan hamma barglarga taalluqlidir.
Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bilan tushunchalar o’rtasida keskin chegara yo’q. Tasavvurlar mazmunning boyib borishi va ularda narsalarning muhim xossalarini tobora ko’proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi va tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. U yoki bu narsa yoki tabiat obyektlari to’g’risida tasavvurlarning bo’lishi hali ular to’g’risida tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko’pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umumlashgani sifatida hosil bo’ladi.
Maktabda, 1-2 sinflarda «Atrofimizdagi olam» fanidan o’quvchilar umumiy oddiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o’tkazishda, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishlar, vaqtida, tabiat to’g’risida konkret tushunchalarga ega bo’ladilar.
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o’qituvchi:

  1. obyektlarni maqsadga yo’nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil qilishi;

  2. tabiat jismlari va hodisalari to’g’risidagi har bir yangi tushunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari o’zlashtirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajratishi;

  3. ikkinchi darajali uncha muhim bo’lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim bo’lmagan turlanadigan belgili, lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) narsalardan foydalanishi lozim.

Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda har xil fikrlash operasiyalaridan: tahlil, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumiylashtirish kabilardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak.
Tabiatshunoslik kursida tushunchalar umumiylashtirish va mavhumlashtirishning darajasi bo’yicha har xildirlar. Ularning asosiy ta’riflari:

  1. mazmuni;

  2. hajmi;

  3. shu tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog’lanishi va munosabatidir.

Mazmun avvalo, tushunchalarning eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatning eng muhim belgilarini ajratish uchun «belgi» va «eng muhim belgi» ning farqiga borish kerak. N.I.Kondakov: -«Belgi – bu barchaki narsa yoki hodisalarning ko’rsatkichi, tomonidir, ularga qarab narsa va hodisalarni tanlab olish, aniqlash yoki ta’riflash mumkin», deb belgilaydi, «eng muhim belgi – bu shunday belgiki, unda narsaning tub tabiati ifodalanadi, shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi... Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo’lmay qoladi». Mazmuni bo’yicha tushunchalar oddiy va murakkabga bo’linadi. Masalan, «Quruqlik yuzasining shakllari» - murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik) ko’tarilgan (tepalik, tog’lar) pasayganligi (tog’ oralig’i jarlik)dir. Shu paytning o’zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin; uning eng muhim belgisi tagi, cho’qqili va yon bag’irligidir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin