Tajribalar o’tkazish uchun jihozlar. Tajribalar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to’garagida) maxsus jihozlar: o’lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, materiallar, yordamchi asboblar kerak. O’lchov asboblariga har xil suyuqliklarning muayyan hajmini o’lchash uchun menzurkalar, termometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlarni ko’rgazmali qurollar magazinlaridan sotib olish umumkin. Ayrim asboblarni o’quvchilarning o’zlari tayyorlashlari mumkin. Laboratoriya uskunalariga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, asbeslangan to’r, probirka qo’yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek idishlar (probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar) oq shisha pufakchalari, idishlar to’plami - choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi.
Jonli tabiat burchagi. Tabiatda davomli (uzoq vaqt davom etadigan) kuzatish va tajribalar uchun jonli tabiat burchagi tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va o’simliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan tabiatshunoslikni o’rganishda foydalanish mumkin.Burchak, shuningdek o’quvchilarning darsdan va sinfdan tashqari ishlari uchun baza hisoblanadi. Bu yerda ular yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin.
K.D.Ushinskiy qo’yi sinflarda tabiatni o’rganishni bolani doimo o’rab turgan va ularga tanish bo’lgan o’simlik va hayvonlardan boshlash kerak, deb tavsiya qilgan. Bu prinsipga darslarda ham, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham amal qilish kerak. Bu prinsipni amalga oshirishga jonli tabiat burchagidagi ishlar imkon beradi. Shu vaqtning o’zida u o’quvchilarda jonajon o’lkaga muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat to’g’risidagi ularning bilimlarini kengaytiradi.
Tabiatga o’tkaziladigan ekskursiyalar jonli tabiat burchagidagi tashkil qilishning boshlanish bo’lishi mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan tanisha turib, o’quvchilar mollyuska, ninachi qurtlari, xar xil qo’ng’izlar, gambuziya, peskar (tanga baliq), shuningdek suv o’simliklarining barchasi akvarium, shisha bankalar yoki boshqa yaroqli idishlarga joylashtiriladi. Bog’ va polizlarda ko’pincha meva, rezavor meva hamda sabzavot o’simliklari zararkunandalarining g’umbak va qurtlari uchraydi. Ekskursiya vaqtida ularni yig’ib, jonli tabiat burchagida ular ustida hasharotlar taraqqiyotining butun siklini tekshirib borish va yeb to’ymas qurtning harakatsiz g’umbakka aylanishini, g’umbakdan yetuk kapalak chiqishini ko’rish uchun kuzatishlar tashkil qilish mumkin. Jonli tabiat burchagiga keltiriladigan tirik obyektlar alohida daftarda hayvon yoki o’simlikni keltirish vaqti (kuni), kimdan qabul qilinganligi, hayvonning nomi va uning holatini ko’rsatib qayd qilib borilishi kerak.