Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə42/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Jonli tabiat burchagi uchun xona. Jonli tabiat burchagi uchun xona ajratgan ma’qul. Bunday imkoniyat bo’lmaganda o’simlik va hayvonlarni tabiatshunoslik kabineti yoki sinfda joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug’ bo’lishi, deraza ro’parasiga qo’yilgan har xil podstavkalarga suv hayvonlari hamda o’simliklari bo’lgan akvariumlarni qo’yish qulay bo’ladi.
Agar jonli burchak alohida xonada bo’lsa, unda qushlarni ham saqlash mumkin. Barcha qush qafaslariga tozalash oson bo’lsin uchun harakatchan taglik va oziq uchun harakatchan yashik o’rnatiladi. Maktab tabiat burchagida jo’r, sa’va, to’ti, chittak, chechetka kabilarni saqlagan yaxshi. Qafaslar devor yoki derazalarga ilib qo’yiladi, ammo shamol g’urillab o’tadigan joyga qo’ymaslik kerak, bunday joy qushlar uchun halokatlidir. Terrariumlar xona o’rtasiga yoki devor bo’ylab qo’yilgan, stolchalarga o’rnatiladi. Sut emizuvchilarning (olmaxon, dengiz cho’chqasi) katakchalari xonaning qorong’iroq qismida polga qo’yiladi. Agar tabiatshunoslik kabineti katta bo’lmasa, o’simlik va hayvonlarning bir qismini sinflarda joylashtiriladi va ular kerak bo’lganda foydalaniladi.
Jonli tabiat burchagini jihozlash. Burchakda hayvonlar uchun ajratilgan joy ularning tabiatdagi hayot sharoitlariga muvofiq bo’lishi kerak. Akvariumni zoomagazindan olish ma’qul. Ammo akvarium sifatida hohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin, lekin shuni hisobga olish kerakki, baliqlar to’rtburchak idishda yaxshi ko’rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta kichikligiga (o’lchamiga) va undagi o’simliklarning soniga muvofiq bo’lishi kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balansi ta’minlansin.
Akvariumda yashovchilarga doimiy parvarish zarur. Oziqni zoomagazindan sotib olish mumkin. Baliqlarni ularni shartli refleks hosil qilish uchun muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolalar termometr bilan o’lchab, suv haroratini tekshirib borishga o’rganishlari lozim.
Sudralib yuruvchilar va suvda ham quruqda yashovchilar uchun xilma-xil ko’rinish va katta-kichiklikdagi terrariumlar quriladi. Odatdagi terrarium metalldan yoki yog’ochdan tayyorlangan yashik bo’lib, yon va tepa devorlari shisha va to’rdan iboratdir. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda tepasining to’rdan bo’lishi ham ventilyasiyasini ta’minlash imkoniyatini beradi. Terrariumning metall tagiga tuproq sepiladi, unga o’simliklar o’tqaziladi va suvli idish joylashtiriladi. Terrariumga unda yashovchilarning yashirinib olishi uchun toshlar qo’yiladi. Suvga va quruqqa ehtiyojmand suv baqalari va tritonlar uchun akva-terrarium, ya’ni quruqlik oroli bo’lgan akvarium quriladi, uni akvarium tagiga tuproq solingan va suv sathidan biroz ko’tarilib turadigan shisha banka qo’yib tayyorlash qiyin emas. Quruqlik uchastkasini suv ostiga o’rnatish yoki suzuvchi qilish mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin