Tayanch iboralar: ko’rgazmali uslublar, natural ko’rgazmali qurollar, tajribalar, jadvallar, didaktik rasmlar, plan, xarita, globus, film, diafilm, diapozitivlar, kuzatishlar, fenologiya, fenologik kuzatishlar, tabiat va mehnat kalendarlari
Ko’rgazmali metodlarni umum-pedagogik prinsip ko’rgazmalilik bilan aralashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xildir, bir-biriga o’xshash emas. Ko’rgazmali vositalardan deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladi. Ko’rgazmalilik o’quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korreksiyalash)da ahamiyati kattadir. To’g’ri qo’yilgan savol, keyinroq esa butun savollar sistemasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e’tiborni jalb qiladi. O’quvchilarni maqsadga yo’naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga majbur qiladi.
Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan natural (tirik tabiiy obyektlari va tasviriy tablisalar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo’lishi mumkin.
Ko’rgazmalilikni tasviriy vositalari tablisa va rasmlar, o’quvchilarga o’rganilayotgan obyektlarning tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o’rab olgan muhiti hayot tarzi kabilar to’g’risida tasavvurlar beradi.
Boshlang’ich sinflarda narsalar, hodisalar ustida tasavvurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko’rgazmalilikdan keng foydalanilsa yuqori sinflarda tasviriy va simvolilik ko’rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat konkret ko’rsatmali material orqali o’zlashtirishga qobiliyatli bo’ladi. O’quv kino va diafilmlarni ko’rsatish ham ta’limning ko’rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko’rish orqali ularga javob topishlari lozim.
Sayohat ham ko’rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o’qituvchi tomonidan yaxshi o’ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa yaxshi natija beradi. Sayohatdan olingan taassurotlarni kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhimdir.
Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o’qitish uchun ayniqsa tabiiy jismlar kerak, chunki ular o’quvchilarda tabiiy jismlarini bevosita qabul qilish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o’quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olish uchun uni yetarli miqdorda - o’quvchilar soniga qarab to’plash kerak).
Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o’qituvchi uzoqdan turib namoyish qiladi. Yirik o’simliklar, masalan makkajo’xori, pomidor, poliz ekinlari (butun o’simligi barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko’rsatilishi mumkin.
Narsani hamma o’quvchilar yaxshi ko’rishlari uchun uni sinf taxtasiga o’rnatiladi va o’qituvchi stoli ustidagi balandlikka qo’yiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o’quvchilarga faqat ularning tashqi ko’rinishigina emas, balki harakatini, qiliqlarini, chiqargan ovozini va hokazolarni qabul qilishga imkon beradi, bu bolalar ongida ancha to’liq va ravshan tasavvurlar hosil bo’lishini ta’minlaydi.
Kuzatishlarga yaxshiroq rahbarlik qilish uchun o’qituvchi o’quvchilar oldiga ular e’tiborini (katta-kichikligi, shakli, rangi,Yu asosiy qismlari, harakatlanish usuli va h.k.), shuningdek, uning boshqa narsalarga o’xshashligi va ulardan farqiga yo’naltiruvchi savollar qo’yadi.
Suratlar bilan ishlash msetodikasi. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga ular hali ko’rmagan ko’pgina obyekt va hodisalar to’g’riisda ma’lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya, agar u yaxshi suratda ko’rsatilmasa, yetarli, to’liq va yorqin tasavvurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan qarab chiqish tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlarni hosil qilishi mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha devoriy suratlar ishlatiladiki, ular bo’yicha frontal sinf ishi olib boriladi. Yirik suratlar bo’lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o’quvchiga ko’rsatish kerak. Ammo o’qituvchi qaysi turdagi surat bilan ishlamasin, uning maqsadi – suratning tabiatshunoslik mazmunini ochib berish bolalarda tabiatshunoslik bilimlarining manbai sifatida undan foydalana olish o’quvchini hosil qilishdir.
Darsning tuzilishi va suratning mazmuniga qarab, undan har xil foydalaniladi. Surat o’qituvchi hikoyasining tasvirlovchisi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bunda uning tafsilotlariga to’xtash shart emas, chunki u hikoyadan olinadigan taassurotni bo’shashtiradi. Suratning mazmunidan bu holatda faqat bayonning eng muhim ma’nosi bilan bog’liq holda foydalaniladi.
Surat shuningdek, suhbatning boshlanish qismi bo’lishi mumkin. Bu holoda o’qituvchi darsni suratni qarab chiqish bilan boshlaydi va suhbat jarayonida o’quvchilarni uning tabiatshunoslik mazmunini o’zlashtirishga olib keladi. Bunda o’quvchilarning ko’proq faolligiga erishish kerak. Ular suratda tasvirlangan obyektlarni faqat ko’rish bilan qabul qilib qolmasdan, balki ularning ayrim tomonlarini solishtirishlari, ularni ilgari ma’lum bo’lganlarga taqqoslashlari va surat mazmunidan baholi-qudrat xulosalar chiqarishlari kerak.
Darslik maqolalari matnini muhokama qilish jarayonida ham suratlar ko’riladi, bu o’qilganlarni yaxshiroq tushunish va esda qoldirishga yordam beradi. Shuningdek, suratlardan materialni takrorlash va mustahkamlashda keng foydalaniladi. Suratlardan foydalanib, o’quvchilar o’tilganlarni yaxshiroq hikoya qilib beradilar. Bunda ular o’qituvchining qo’shimcha tushuntirishlarini ham esga oladilar, o’zlarining shaxsiy fikr va mulohazalarini qo’shadilar, bu o’quv materialini puxta va chuqur o’zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |