3. Tadqiqotning uchinchi bosqichi – 2022-2023 o‘quv yilida:
– tajriba-sinov ishlari davom ettirildi;
– ta’lim, tarbiya, rivojlanish va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro aloqadorligi aniqlandi;
71
– tajriba-sinov ishlarida ishtirok etgan bo'lajak texnologiya o'qituvchilarning fikr-mulohazalari o‘rganildi, ta’lim jarayoni sifati va samaradorligi oshganligiga ishonch hosil qilish maqsadida suhbatlar hamda so‘rovnomalar o‘tkazildi;
– tadqiqotimiz davomida to‘plangan barcha materiallarga statistik ishlov berib, uning ishonchli ekanligini isbotlash va metodik ishlarimizni amaliyotga ommaviy targ‘ib etish tadbirlari ko‘rildi.
Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va natijalarning obyektivligini ta’minlash uchun har bir o‘quv yilida bosqichma-bosqich takomillashgan o‘quv reja va chambarchas lashgan fan dasturlari qo‘llanildi. Nazorat guruhlarida ta’lim jarayoni amaldagi o‘quv reja va dastur, o‘qitish metodikasiga binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, tajriba-sinov guruhlarida biz taklif etgan reja va dastur hamda faol ta’lim metodlaridan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Natijalar muntazam tahlil etildi va bir-biriga qiyoslanib, xulosa chiqarildi. Zarur bo‘lgan hollarda bu jarayonda bevosita ishtirok etuvchi bo'lgusi kadrlar lar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar atroflicha muhokama etilib, fan dasturlari mazmuni hamda o‘qitish metodikasiga
o‘zgartirishlar kiritildi. Buning uchun 2 yil mobaynida nazorat va tajriba guruhlarida
tadqiqot-kuzatuv ishlarini olib borildi. Unda 32 nafar bo'lajak texnologiya o'qituvchilar ishtirok etdi.
Biz tajriba-sinov natijalarining haqiqiyligini ta’minlash uchun matematik-statistik usuldan foydalandik.
Bu paragrafda texnologik ta'limni o‘qitishda bo'lajak texnologiya o'qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari natijalari testlar, savollarga berilgan javoblar, topshiriqlarni bajarishlarida ularning ijobiy yechimini topishlariga qarab aniqlandi. Biz taklif etgan chambarchaslashgan dasturlar asosida o‘qitishda ta’lim samaradorligining oshishini kuzatdik. Buning uchun 2021-2022 va 2022-2023 o‘quv yili uchun 019-65 guruhi nazorat guruhni hamda 019-66- guruhi tajriba-sinov guruhlari deb tanlandi. Mazkur guruhlarda tahsil olayotgan 32 nafar bo'lajak texnologiya o'qituvchilar tajriba-sinov ishlarida ishtirok etib, nazorat guruhida
72
texnologik ta'limdan ta’lim jarayoni amaldagi dasturlar va metodika asosida, tajriba
guruhida shu fan takomillashtirilgan, fanlararo chambarchas likka asoslangan o‘quv dasturi va o‘qitishning noan’anaviy metodlari asosida tashkil etilib, tadqiqot-kuzatuv ishlari olib borildi.