Nurmamatov ramazon abdirashid o'gli bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash”


Tajriba sinov ishidan olingan natijalarning taxlili va tavsiyalar



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə23/26
tarix15.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143802
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
рамазон диссертация 05.06.2023

3.2. Tajriba sinov ishidan olingan natijalarning taxlili va tavsiyalar
ishlab chiqish
O‘quv jarayoniga takomillashtirilgan ilmiy dasturlarni joriy etish maqsadida pedagogik tajriba va testlar tashkil etdik. Talabalarning o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari natijalari ularning test sinovlariga ijobiy yechimlari, savol va topshiriqlarga javoblari asosida aniqlandi. Biz taklif etayotgan takomillashtirilgan o‘quv rejasi va integratsiyalashgan fan dasturlari tufayli ta’lim samaradorligi ortib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Buning uchun Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan 019-65 va 019-66 guruhlari, ya’ni nazorat va tajriba-sinov guruhlarida tadqiqot-kuzatuv ishlarini olib bordik.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining maqsadi ilmiy tadqiqotimizda ilgari surilgan farazimizning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini isbotlashdan iborat edi. Bu jarayonni shartli tarzda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:

  1. Tayyorgarlik bosqichi – 2021-2022 yil davomida o‘tkazilib, bu davrda

70

  1. quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- tadqiqotning asosiy yo'nalishini belgilash;
- muammoning nazariy va amaliy yo‘nalishini o‘rganish;
- ta’lim muassasasining bo‘lajak kadrlari bilan so‘rov o‘tkazish tajribasini o‘rganish;
- o'quv va me'yoriy hujjatlarni tahlil qilish va o'rganish;
- guruhlarni tanlash, ularda tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun moddiy-texnikaviy, ilmiy-uslubiy baza va pedagogik shart-sharoitlar mavjudligini o'rganish;
- eksperimental tekshirish uchun zarur bo'lgan materiallarni tayyorlash, so'rov o'tkazish;
– dastlabki tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va boshqalar.
2. Ikkinchi bosqich – 2022-2023 o‘quv yilida quyidagilar amalga oshirildi:
– rejaga binoan tajriba-sinov ishlarini davom ettirish;
– zaruriyat bo‘lgan hollarda tajriba-sinov materiallari mazmuni va ularni

amaliyotga joriy etish metodikasiga o‘zgartirishlar joriy ;


– tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalarni miqdor va sifat jihatdan tahlil qilish;
–faol o‘qitish metodlarini qo‘llash bilan ta'lim oluvchi bo'lajak texnologiya o'qituvchilarning o‘zlashtirish ko'rsatkichi orasidagi bois-oqibatli aloqalar va munosabatlarni aniqlash;
– ilmiy dalillar yig‘ish, ularni umumlashtirish;
– tajriba-sinov ishlari natijalari haqida hisobotlar berib borish va ularni atroflicha muhokama etish.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin