Qaysi saytda bo’lish sizga ko’proq yoqadi? ___________________________ Shug’ullanadigan sport turingiz bormi? Qaysi? ________________________ Darsdan so’ng ishlaysizmi? __________________________________________ Qaysi mashg’ulot o’qishdan tashqari eng ko’p vaqtingizni oladi? Uyali aloqa vositasi bilan gaplashishga qancha vaqt sarflaysiz?
3-guruhga 1. Iqtisodiyot fani haqida gapirib bering?
Psixologik test
“Daraxt" rasmli-psixologik test Hozirgi jarayoninggizni anglashga ko’maklashadi. Tasavvur qiling, bog’da sayr qilyapsiz, ko’z oldingizda quyidagi 5 ta noodatiy daraxt paydo bo'ldi... Qay birining soyasi ostida dam olar edingiz?!
Javoblar: 1. Bu daraxtni asosan, hozirda òz hayotidan mamnun bòlmagan,
vaziyatni yaxshi tomonga o’zgartirishni istayotgan kishilar tanlaydilar. "Qayerdadir baxt bor, biroq men u yerda emasman, demak men o’sha yerda bòlishga
64
harakat qilishim shart!" Ular hozirda aynan mana shu shior bilan yashamoqdalar. Ushbu daraxtni tanlagan kishilarning òziga mos, asosiy sifatlari – qati’yatlilik, qiziquvchanlik, yangilikka intilish. Ular o’zgarishlar tarafdori, yangilikga, taassurotlarga o’ch kishilar. Biroq bu òtkinchi jarayon, shunday bo’lsada ko’pchilik bu bosqichda uzoq vaqt qolib ketadi. Vaqt òtgach, bu kishilar butunlay boshqa daraxtni tanlashlari mumkin.
2. Sabr-bardoshli, harakatchan va matonatli kishilar. Ular yo’l boshidanoq behafsala bòlmaydilar. Maqsad sari olg’a intilishadi. Kòzlangan cho’qqini qadamma-qadam zabt etib boradilar. Tanlagan yòllaridan aslo qaytishmaydi. O’z kasbining mohir ustalari. Sohalariga oid uslublarni mohirona qòllashlari tahsinga loyiq. Hayotlari davomida aniq rejalar asosida yashaydilar: "improvizatsiya" yoki "ekspromt" kabi so’zlarni eshitsalar taajjubga tushishlari tabiiy, ular rejadan chetga chiqmaydilar. Rejali ish kòrganliklari bois ijobiy hayot kechirayotganliklariga ishonchlari komil. 3. Kreativ va original shaxsiyatli kishilar. Ular avvalgi bosib òtilgan izlardan yurmaydilar, eski qoliplardan foydalanishni istamaydilar. Kreativ, ilhomi kesa hamma ishni dòndirishadi. Har bir yumushni òzlari xohlaganlaridek bajaradilar, muammolarni yechimini topishda yangicha yondashuv va usullardan foydalanadilar. Ular odatda serģayrat va jozibali kishilardir. Libos tanlash borasida ham originallikka intiladilar. Bunday kishilarni quyushqonidan chiqarish oson, kayfiyatlari juda tez òzgaradi. Yaxshi notiq, istagan kishilari bilan ģoyalarini òrtoqlasha oladilar...
4. Qishin-yozin bir xilda! Qanday jarayonda bòlishidan qati' nazar bunday kishilar kunni doimo "liderlik libosida" kutib oladilar. Fikrlarga boy, serharakat kishilar mana shunday toifaga kiradilar. Ozoda va pragmatik xarakterli. Maqsadni aniq oladilar, mustaqil fikrli, nima xohlashni va unga qanday erishishni bilishadi. Hayotda ular uchun faqat ikkita nuqtayi nazar mavjud: notòģri va òzlarining shaxsiy qarashlari.
65
5. Ular juda hamdardlikni qoyillatadigan kishilar. Boshqa bir insonning ģam-anduhi, quvonchu-shodligini huddi òzlarinikidek qabul qila oladilar. Dilkash, xushfe'l, baģrikeng, sezgir shaxslar. Atrofidagilar baxtli bòlsagina òzlarini tòlaqonli baxtiyor deb hisoblaydilar. Janjallashishdan kòra murosani ustun qòyadilar. Bir sòz bilan aytganda toza qalbli, yetuk insonlar ushbu toifa vakillaridir (6-ilova).
Darsni yakunlash:
Darsda faol qatnashgan ta'lim oluvchilami baholash, ta'lim oluvchilarda shaldlanishi mumkin bo'lgan kompetensiyalami tushuntirish, ta'lim oluvchilarda shakllangan kompitentlikni to‘g‘ri yo‘naltirish.