Uyga vazifani e’lon qilish: Yangi mavzu yuzasidan savollar tayyorlash.
II bob bo’yicha xulosa Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoni o`sib kelayotgan avlodni yuksak ma`naviyatli, intelektual salohiyati baland, har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash hamda mamlakatimiz kelajagini yanada yuksaltiradigan, o`zbek elining dong`ini jahonga taratadigan, g`oyatda intelektual, manan barqaror yosh malakali kadrlarni yetishtirib borishdir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati, uzluksiz ta`lim tizimi orqali shaxsning har tomonlama barkamol bo`lib yetishini ko`zda tutadi. Bunda shaxs uzluksiz ta`limda va kadrlar tayyorlashda ta`lim xizmatlarining iste`molchisi hamda ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon bo`ladi. Shunday ekan bu iste`molchi hamda ishlab chiqaruvchisi bo`lmish yosh avlodning ertangi kunini belgilab beruvchi bilim va ko`nikmalari, o`z navbatida malakali pedagog-o`qituvchilar tomonidan qiziqarli dars mashg`ulotlari, dunyo bilim va ko`nikmalariga javob bera oladigan oliy ta`lim sifati yanada intelektual bilimlar bilan boyitilib borishi hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali mustahkamlanib bormog`i lozimdir. Avvalombor, qiziqarli dars mashg`ulotlari bo`lajak pedagog yoshlarda o`z faniga hamda kasbiga bo`lgan qiziqishni uyg`otadi va dars mashg`ulotlariga bo`lgan faol tushunchalar, tajribalar hamda salohiyatni kuchaytiradi. Bu esa ular kelajagiga qo`yilgan ilk qadamlari bo`ladi desak mubolag`a bo`lmas edi. O`sib kelayotgan yosh avlodga bugungi kunda qanchalik
66
e`tibor va ahamiyat qaratadigan bo`lsak mamlakatimizda shu darajada ilmiy yuksalish kuzatiladiki, biz buni hozirgi rivojlanib borayotgan fan-texnika jarayonlarida va barcha sohalarda yaqqol namoyon bo`lganligini ko`ra olamiz desak, fikrimizning yorqin dalili bo`lar edi.
67 III. Bo’lajak texnologiya o’qituvchilarini shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash bo’yicha tajriba sinov ishlarini tashkil etish metodikasi 3.1. Tadqiqotning tajriba-sinov ishlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi
Qarshi davlat universitetida texnologiya fanini o‘qitish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishdan oldin biz universitetning texnologik ta'lim bo'lgusi kadrlar lari bilan so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnomaga texnologik ta'lim ni o‘qitishda qanday ta’lim metodlari va didaktik materiallardan foydalanasiz?, o‘qitish jarayonida qanday didaktik tamoyillarga e’tibor qaratasiz?, interfaol metodlarning ahamiyati yoki afzalligi nimada?, faningiz bo‘yicha chambarchas lashgan fan dasturlarini ishlab chiqqanmisiz?, chambarchas lashgan fan dasturi asosida tashkil etilgan o‘qitish jarayonining afzalliklarini kuzatdingizmi? kabi mazmundagi savollar kiritildi. Savol-javob natijalari shuni ko‘rsatdiki, 72 % bo'lgusi kadrlar lar o‘qitayotgan ixtisoslik fanlar bo‘yicha fanlararo chambarchas likni ta’minlash ijobiy samara berishini, 18 % esa dars samarasi oshganligini qisman kuzatganliklarini qayd etganlar. 10 % bo'lgusi kadrlar lar ixtisoslik fanni o‘qitish jarayonida aqliy hujum, auksion, klaster, guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi usullardan foydalanayotgan-liklarini bildirganlar. Ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan
so‘rovnoma va suhbat natijalari shuni ko‘rsatdiki, hozirda texnologiya fanini
chambarchas lik asosida o‘qitishda faqatgina 73% bo'lgusi kadrlar lar e’tibor ajratar ekan xolos.
Shuningdek, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun ta’lim muassasasi ta'lim oluvchilarini fan dasturlari asosida o‘qitish jarayoni ixtisoslik fan bo'lgusi kadrlar lari orasida tahlil qilinib, ularning fikrlari inobatga olindi.
Texnologiya fanidan o‘quv jarayonini tashkil etish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar tuzilmasi bo‘yicha dars ishlanmalarini ishlab chiqdik. Nazariy va amaliy fanlar integratsiyasiga asoslangan darsni ishlab chiqishda darsning bosqichlari, faol o‘qitish usullari, vaqtni taqsimlash, kelajakdagi kadrlar va
68
o‘quvchilar faoliyati aniq belgilab berildi. O‘z tarafimizdan o‘quv jarayonini tashkil
etish va o‘tkazishda faol o‘qitish usullaridan foydalangan holda bir qator tadqiqotlar o‘tkazildi.
Texnologik ta’lim bo'yicha aniq fanlar va ijtimoiy-gumanitar bilan integratsiyalashgan nazariy va amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish uchun o‘quv materiallari ishlab chiqildi, nazorat savollari, topshiriqlar, talabalar bilimini tekshirish uchun nazorat savollari ishlab chiqilgan (5-ilova).
Texnologik ta'lim bo‘yicha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar chambarchas ligida o‘qitish jarayoniga qaratilgan tajriba -sinov ishlarini amalga oshirish uchun Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan 019-65 va 019-66 guruhlarida tajriba-sinov ishlarini olib borish masalasi ilmiy kengashida muhokama qilingan va majlis qarori bilan ruxsat olingan.
Ushbu guruhlarda tajriba - sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun quyidagi ishlar rejalashtirildi:
– Qarshi davlar universitetida tahsil olayotgan 019-65 va 019-66 guruhlari nazorat va tajriba - sinov guruhlari sifatida tanlandi;
– tajriba-sinov ishlarini olib borish, nazariy va eksperimental mashg‘ulotlarning tuzilishi, dars ishlanmalari, o‘quv-uslubiy materiallar, tarqatma materiallar, texnologik ta’limni boshqa fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitishga asoslangan didaktik materiallar ishlab chiqilgan;
– tajriba-sinov ishlari o‘tkaziladigan guruhlarda ushbu ixtisoslik fanni o‘qitish xonalarining texnik jihozlanishi jarayoni o‘rganildi;
– tadqiqotimizning tajriba-sinov ishlari maqsadi va vazifalari quyidagicha belgilandi;
– tajriba-sinov ishlarida ishtirok etayotgan nazorat va tajriba-sinov guruhlarida texnologik ta'lim ni fanlararo chambarchas likda o‘qitishga oid uslubiy tavsiyalar, yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqish va amalda joriy etish;
–o‘qitish jarayonida nazariy va tajriba mashg‘ulotlarida chambarchas lashgan o‘quv materiallarini qo‘llash;
69
– texnologik ta'limni chambarchaslikda o‘qitishda ta'lim oluvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholash.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishda olingan natijalar samaradorligini aniqlash maqsadida ta'lim oluvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini baholashda 019-65 va 019-66 guruhlari, ya’ni tajriba-sinov va nazorat guruhlarida erishilgan natijalar bir-biri bilan taqqoslandi. Nazorat guruhlarida o‘qitish jarayoni amaldagi fan dasturlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, tajriba-sinov guruhlarida biz taklif etgan takomillashgan fan dasturlaridan foydalangan holda o‘tkazildi. Nazorat va tajriba-sinov guruhlarining tajriba boshida va tajriba oxirida olingan natijalar muntazam tahlil etib borildi va ular bir-biriga qiyoslanib, xulosa qilindi. Integratsiyalashgan fan dasturlarini tajriba guruhida qo‘llash samaradorligi nazariy jihatdan asoslangan va amaliy jihatdan isbotlangan.
O'tkazilgan tajriba-sinov ishida bir qator olimlarning matematik statistik ma'lumotlarini qayta ishlab chiqish usullaridan foydalangan holda o'qitish jarayoni samaradorligini oshirishni baholash o'rganildi va tajriba natijalariga tatbiq etildi.