Nurmurodov


k& Uyurma tegirmonining kamerasida ikkita parrak bo‘lib,  }



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

k&
Uyurma
tegirmonining kamerasida ikkita parrak bo‘lib, 
}
tomonlarga aylanib, o‘zaro kesishuvchi havo oqiml#ri 
<^1
a ''
203


Kameraga solingan material (sim boiagi, qirindi, qiyqimlar va boshqa 
mayda boiakchalar) ni havo oqimi ilashtirib olib ketadi, ular o ‘zaro 
bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm gacha o ‘lchamli zarralarga 
maydalanadi. Hosil b o ig a n zarrachalar tarelka ko‘rinishida, chetlari 
arrasimon b oiad i.
M o‘rt metall karbidlari va oksidlaridan mayin kukunlar olish 
uchun vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng 
unumli b o iib , ulaming ishi p o ia t shar va silindrlarning tegirmon 
barabanining katta chastotali aylanma tebranma harakati tufayli 
maydalanadigan materialga govori chastota bilan ta ’sir qilishiga 
asoslangan.
Qalay, qo‘rg‘oshin, aluminiy, mis, shuningdek, temir va p o ia t 
kukunlarini olish uchun havo, suv, bug' yoki inert gazlar kinetik ener- 
giyasi bilan suyuq metallni to'zitish usulidan ham foydalaniladi. 
Olingan kukun zarralari 50-350 mkm oicham li b o iib , sferik ko‘ri- 
nishga yaqin.
Fizik-kimyoviy usullar bilan kukunlar olishda boshlangich 
materialning kimyoviy tarkibi va xossalari o ‘zgaradi. Metallami 
oksidlardan kimyoviy qaytarish, suyultirilgan tuzlami elektroliz qilish, 
karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-kimyoviy usullar 
hisoblanadi.
Oksidlardan materiallami kimyoviy qaytarish gazsimon yoki 
qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon tiklagichlar 
sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid, shuningdek vodorod 
keng qoilaniladi. Kimyoviy qaytarish natijasida hosil boiadigan 
g ‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning fizik-kimyoviy 
usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi. 
1 - 1 0 0
mkm oicham li 
dendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar (tantal, sirkoniy va 
boshqalar) ning kukunlari suyultirilgan metall tuzlarini elektroliz 
qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli ifloslangan xomashyodan 
toza kukunlar olish imkonini beradi. Karbonil usuli 1-800 mkm 
oicham li sferoid ko‘rinishdagi magnitli temir, nikel va kobalt 
kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan olingan mahsulot 
200-3 00°C temperaturada metall kukuni va uglerod oksidiga 
parchalanadi. Gidrogenizatsiya usuli asosida kalsiy gidrati bilan 
xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil b o ig a n ohak suv bilan yuviladi, 
metall kukuni esa 
8 - 2 0
mkm oicham li dendritlardan tashkil topadi.
204


Fizik-kimyoviy usullar bilan olingan kukunlar mayda dispersli va 
toza hisoblanadi. Zarralari oicham iga ko‘ra kukunlar granulometrik 
tarkibi bo‘yicha 0,5 mkm gacha oicham li ultra mayda, 0,5-10 mkm 
oicham li juda mayda, 10-40 mkm oicham li mayda, 40-150 mk 
oicham li o‘rtacha mayda va 150-500 mkm oicham li yirik xillarga 
boiinadi.
To‘kilish massasi, oquvchanlik, presslanuvchanlik va pishuv- 
chanlik kukunlaming asosiy texnologik xarakteristikalari hisoblanadi.
To‘kilish massasi erkin to‘kilgan 1 sm
3
kukunning grammlarda 
oichangan massasidir. Agar kukun o ‘zgarmas to‘kilish massasiga ega 
b o isa, pishirilganda uning o ‘zgarmas kirishuvchaniigi ta ’minlanadi. 
Olinish usuliga qarab, bitta kukunning to ‘kilish massasi turlicha 
b oiish i mumkin. G ‘ovakligi yuqori boigan buyum tayyorlash uchun 
to ‘kilish massasi kichik boigan kukundan, asbob va mashinalaming 
turli detallarini tayyorlashda esa to‘kilish massasi katta kukunlardan 
foydalanish lozim.
Oquvchanlik-kukunning qolipni to id ira olish qobiliyatidir. U 
m aiu m diametrli teshik orqali kukunning o'tish tezligi bilan 
xarakterlanadi. Kukun zarralarining oicham i kamayishi bilan uning 
oquvchanligi yomonlashadi. Kukunning qolipni bir tekis toidirishi va 
presslashda zichlanish tezligi ko‘p jihatdan oquvchanlikka bogiiq.
Presslanuvchanlik-tashqi nagruzka ta’siridan kukunning zich­
lanish xossasidir, u presslangan kukun zarralari o‘zaro qanchalik 
mustahkamlashganligini xarakterlaydi. Presslanuvchanlik material- 
ning plastikligi, kukun zarrasining oicham i va shakliga b o g iiq
boiadi. Kukun tarkibiga sirtqi aktiv moddalar qo‘shilishi bilan 
ulaming presslanuychanligi ortadi.
Pishuvchanlik deyilganda presslangan xomakini termik ishlash 
natijasida zarrachalaming ilashish mustahkamligi tushuniladi.
Shixtani 
tayyorlash. 
M aiu m kimyoviy va granulometrik 
tarkibdagi hamda texnologik xossalarga ega boigan kukunlaming 
dozalangan porsiyalari barabanlarda, tegirmonlarda va boshqa 
qurilmalarda aralashtiriladi. Shixtani bir tekis aralashtirish zararati 
tu g ilsa spirt, benzin, glitserin va distillangan suv qo‘shiladi. Ba’zan 
aralashtirish protsessida turli vazifani o‘tovchi texnologik qo‘shil- 
malar qo‘shiladi: presslanishni yengillashtirish maqsadida plastifika- 
torlar (parafin, stearin, glitserin va boshqalar), kerakli g‘ovaklikka ega
205


bo‘lgan buyumlar olish uchun oson suyuqlanadigan qo‘shilmaIar, 
uchuvchi moddalar qo‘shiladi.
Xomaki va buyumlami shakllantirish. Kukunlar sovuqlayin yoki 
issiqlayin prokatlash hamda boshqa usullar bilan presslanadi.
Sovuqlayin presslashda press forma matritsasiga shixta solinadi 
va ish puansoni bilan presslanadi. Bosim olingach, buyum surib 
chiqaruvchi 
puanson 
bilan 
matritsadan chiqariladi. 
Presslash 
jarayonida kukun zarrachalari elastik va plastik deformatsiyalanadi. 
Bunda kukun zarrachalari orasidagi jipslashish ortadi, g‘ovaklik 
kamayadi. Bu esa kerakli shakl va mustahkamlikdagi xomaki olish 
imkonini beradi. Xomaki gidravlik yoki mexanik (ekssentrikli, 
krivoshipli) presslarda presslanadi. Presslash bosimi kukun tarkibi va 
buyum vazifasiga ko‘ra 200-1000 MPa bo‘ladi.
Avtomatik harakatlanadigan presslar keng tarqalgan. Qabul 
qiluvchi bunker lga solinadigan shixta o ‘z og‘irligi bilan to ‘ldiruvchi 
shlangga o ‘tadi. Shlang press-qolip 3 ustida tugaydi, u press stoli 4 
bo‘ylab surilishi mumkin. Pastki surib chiqaruvchi puanson 5 vaziyati 
to ‘kiladigan kukun miqdorini belgilaydi, ya’ni ushbu holda press- 
qolipni dozalash va uni to id irish bir vaqtda bajariladi. Press-qolip 
toigach, shlang chetga suriladi va yuqori ish puansoni bilan kukunni 
qisish imkoniyati tug‘iladi. Xomaki pastki puanson bilan surib 
chiqariladi, qolipni yana to ‘ldirish uchun shlang suriladi, xomaki bir 
yo‘la stoldan maxsus novga surib tushiradi. Bunday presslar ba’zan 
bir necha press-qolip o‘matilgan aylanuvchi stollar bilan jihozlanadi. 
Avtomatik presslaming ish unumi bir soatda bir necha ming xomaki 
chiqaradigan darajada b o iishi mumkin.
Issiqlayin presslashda press-qolipda buyum shakllantirilibgina 
qolmay, pishiriladi ham, bu esa fizik-kimyoviy xossalari yuqori 
bo‘lgan g ‘ovaksiz material olish imkonini beradi. Issiqlayin 
peresslashni vakuumda, himoya qilish yoki qaytarish atmosferasida, 
keng temperatura oralig‘ida (1200-1800°C), sovuqlayin presslashga 
nisbatan ancha past bosimda bajarish mumkin. Odatda, kukunlar 
kerakli temperaturagacha qizdirilgach bosim ostida siqiladi. Bu 
usullardan qiyin deformatsiyalanadigan metallar (boridlar, karbidlar 
va boshqalar) dan buyumlar tayyorlashda foydalaniladi.
Metall kukunlarini 
prokatlash sovuqlayin yoki 
issiqlayin 
deformatsiyalash usuli bilan tasma, sim, polosa ko‘rinishidagi 
buyumlar olishning uzluksiz protsessidir. Prokatlash vertikal, qiya va
206


gorizontal yo‘nalishlarda bajariladi. Vertikal holatda prokatlash 
buyumni shakllantirish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi. 
Avvaliga kukun bunkerdan aylanma siquvchi valiklar orasidagi 
zazorga tushadi, xomaki holiga keltirish uchun qisiladi, so‘ngra 
pishirish uchun pechga yo‘naltiriladi, keyinchalik toza valiklarda 
prokatlanadi. Prokatlashda kukun hajmi bir necha marta kichrayadi. 
Tasmani prokatlashda valik diametrining tasma qalinligiga nisbati 
100:1 dan 300:1 gacha boMishi kerak. Kukunlami prokatlash tezligi 
quyma metallanii prokatlash tezligiga nisbatan ancha kichik b o iib , 
kukunning oquvchanligi bilan cheklanadi. Shuning uchun aylanuvchi 
valiklar sirtining chiziqli tezligi metall kukunning bunkerdan chiqib, 
valiklar orasidagi zazorga surilish tezligidan kichik boMishi kerak. 
Prokatlash usuli bilan bir va ko‘p qatlamli buyumlar, qalinligi 0,025-3 
mm, eni 300 mm gacha boMgan tasmalar, diametri 0,25 mm va undan 
katta boMgan simlar va hokazolar olish mumkin. Protsessning 
uzluksizligi uni avtomatlashtirishni hamda yuqori unumdorligini 
ta ’minlaydi.
Detal va buyumlarga kerakli mustahkamlik va qattiqlik berish 
uchun ular pishiriladi. Pishirish operatsiyasi buyumni asosiy 
komponent suyuqlanadigan temperaturaning 
0
,
6
-
0 , 8
qismiga qadar 
qizdirish va shu temperaturada ma’lum vaqt ushlab turishdan iborat. 
Pishirish qarshilikli elektr pechlarda induksion qizdirish yoki bevosita 
pishiriladigan buyum orqali tok o‘tkazish y o ii bilan amalga 
oshiriladi. Metall kukunlar oksidlanmasligi uchun pishirish argonli, 
geliyli muhitlarda, vakuumda yoki vodorod muhitida bajariladi. Tob 
tashlamasligi uchun yupqa va yassi detallar bosim ostida pishiriladi. 
Buyumlarga uzil-kesil shakl va aniq oicham lar berish uchun ular 
pardozlash operatsiyalaridan o‘tkaziladi; kalibrlanadi, kesib ishlov 
beriladi, kimyoviy termik ishlanadi, elektrofizik usullar bilan kerakli 
o‘lchamiga yetkaziladi, qayta presslanadi.
Kalibrlash presslangan buyumni press-qolipdagi mos qirqimli 
teshikdan siqib o ‘tkazishdan iborat. Kalibrlash natijasida buyumning 
oMchamlari aniqlashadi, sirti silliqlanadi, g‘ovakligi kamayadi.
Presslangan zagotovkalardan murakkab shaklli detallar (cho‘zish 
uchun volokalar, qattiq qotishmali qistirmalar, shtamplaming 
matritsalari va hokazolar) olish; ichki va tashqi rezbalar qirqish; 
diametri kichik, lekin chuqur teshiklar olish uchun ularga kesib 
ishlanadi.
207


Kimyoviy-termik ishlash (azotlash, xromlash, sianlash va hokazo) 
metallardagi kabi bajariladi. G ‘ovaklikning mavjudligi, demak, 
yoyilgan sirtning mavjudligi kimyoviy-termik ishlash protsessini 
amalga oshirish imkonini beradi.
Elektr uchqunli va elektr impulsli elektrofizik usullar murakkab 
shaklli detallar olish uchun qoilaniladi. Elektr uchqunli usulda ishlash 
mohiyati ikkita elektrod orasida elektr impulsli uchqunli razryaddan 
foydalanishdan iborat. Bunda ishlov beriladigan xomaki anod, asbob, 
katod vazifasini o ‘taydi. Elektr impulsli usulda ishlashda elektrodlami 
ulashda teskari qutblilikdan foydalaniladi. Bu usullar tok o ‘tkazuvchi 
elektrodlar orqali impulsli elektr toki o ‘tkazilganda ulaming 
eroziyalanishiga (yemirilishiga) bog‘liq. Hosil bo igan razryad tufayli 
ishlov beriladigan xomaki-elektrod sirtida juda qisqa vaqt oralig‘ida 
temperatura 10000-12000°C gacha ko‘tariladi, shu onda metall 
suyuqlanadi va bugianadi. Zagotovkadan ajralib chiqqan metall 
dielektrik suyuqlik muhitida zarralar ko‘rinishida qotadi.
Qayta presslash usulidan murakkab shaklli detallar olishda 
foydalaniladi. Qayta presslash natijasida xomakining kerakli oicham - 
lari va shakli ta’minlanadi. Birinchi marta presslanganda xomakining 
shakli oddiy, oicham lari taxminiy boiadi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin