Bakelit b o g ‘lovchi
(B). Karbol kislotasi bilan formalindan sun’iy
smola-bakelit tarzida tayyorlanadi. Bakelit bog‘lovchili
jilvirlash
toshlari yetarli darajada puxta va elastik bo‘ladi. Bunday jilvirlash
toshlari turli-tuman ishlar uchun, shuningdek,
qirqib tushirishda va
shakldor yuzalami jilvirlashda ishlatiladi. Ular sovitish suyuqligisiz
ham, sovitish suyuqligi ishlatib ham jilvirlashda 75 m/s gacha tezlikda
ishlashga imkon beradi.
Bakelit bog‘lovchili jilvirlash toshlarining asosiy kamchiligi
shuki, yuqori haroratda ulaming puxtaligi pasayadi,
ishqorli sovitish
suyuqligi (konsentratsiyasi 1,5 % dan ortiq bo‘lgan eritmalar) ulami
yemiradi va h.
Shuni aytib o‘tish lozimki, jilvirlash asbobining qattiqligi abraziv
material donalarining qattiqligiga emas, balki bog‘lovchi
moddaga
bog‘liqdir. BogMovchi modda yumshoq bo isa, abraziv donalari oson
ajralib ketadi va jilvirlash asbobi notekis yeyilishi sababli o ‘z shaklini
yo‘qotadi, natijada unga tez-tez qarab turish kerak bo‘ladi.
Abraziv asbobning qattiqligi zoldir botirish,
qum purkash va
chuqurcha parmalash yo‘li bilan aniqlanadi.
202