Yelimli birikmalar puxta chiqishi uchun: a) yelimlanadigan sirdar
silliq boim asligi, ya’ni sirtlar, g‘adir-budur, notekis bo‘lishi kerak; b)
yelimlangan birikma yelim qurib qotgunga qadar qayta ishlanmasligi
lozim; d) hosil qilingan birikmani qisqichlar orasiga olib, qurigunga
qadar qo‘zg‘atmaslik zarur.
Quyida maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o ‘quv yurtlarining
o ‘quv ustaxonalarida ko‘proq ishlatiladigan ba’zi yelimlaming
tarkibiy qismlari va xususiyatlari hamda yelimlash texnologiyasi
haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.
Konstruksion metallar va nometall materiallami termoizolat-
siyalarga, gazlamalarga va dekorativ qoplama materiallariga yelimlab
biriktirish uchun B K -32-2, BKT-2H,
8 8
H, ПУ-2М, AK-20, ПК-10,
XBK-20 va boshqa yelimlar ishlatiladi.
Metailmas materiallar (yog‘ochlar, shisha, plastmassalar, teksto-
litlar, penoplastlar va b.) ВИАМ-ВЗ va ПУ-2 yelimlari bilan birik-
tiriladi.
Organik shishaga boshqa materiallami yelimlash uchun ВЗ-Ф9,
B K -32-70 va ПУ-2 yelimlari ishlatiladi. Rezinalar o ‘zaro va metallar
bilan
8 8
H, К П -6-18, ЧНБ, BKP-7, КТ-15, KT-25 yelimlari
yordamida biriktiriladi.
Yelimlash jarayoni quyidagi tartibda bajarilishi kerak: a) yelimla
nadigan yuzalar turli iflosliklardan tozalanishi va g ‘adir-budur qili-
nishi lozim; b) biriktiriladigan sirtlaming bir tomoniga qo‘lda cho‘tka
va pulverizator yordamida yelim surtilishi kerak; d) biriktiriladigan
detallami havoda (xona haroratida) tutib turib yelim tarkibidagi
uchuvchi moddalar chiqib ketishiga imkon berish zarur; e) biriktiri
ladigan sirtlami birlashtirib, qisuvchi yoki bosuvchi qurilmalar bilan
qisib qo‘yish kerak; f) qisib yoki bostirib qo‘yilgan detallami m aium
haroratda muayyan vaqt davomida saqlash lozim, chunki turli
yelimlaming qotish harorati va muddati har xil boiadi; g) biriktirilgan
detallami tozalash va birikmaning mustahkamligini tekshirish (bunda
birikmay qolgan joylar y o iig a e’tibor berish) kerak va h.
Dostları ilə paylaş: