Nurmurodov


Pollmerlardan buyumlar tayyorlashning boshqa usullari. Yirik



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Pollmerlardan buyumlar tayyorlashning boshqa usullari. Yirik
gabaritli buyumlar qoliplash. 
Plastmassalardan yirik gabaritli korpus 
buyumlar (masalan, kema korpuslari, avtomobil kuzovlari va shu 
kabilar) tayyorlash uchun yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yaramaydi, 
chunki bunda katta va murakkab asbob-uskunalar kerak bo‘ladi.
Yirik gabaritli buyumlar olish uchun, ko‘pincha, ustma-ust quyib 
kontakt usulida qoliplash usuli, qop usuli qo‘llaniladi.
Ustma-ust quyib kontaktli qoliplashda 
(6.14-rasm) armaturelovchi material qolipga 
joylashtiriladi va cho‘tka yoki pulverizator 
yordamida suyuq bog‘ lovchi modda bilan 
(ba’zan bir necha marta) ho‘llanadi; shundan 
keyin kompozitsiya sellofan bilan qoplanib, 
havoni chiqarib yuborish, buyumni tekislash 
va uning zich kontaktda bo‘lishini (tegib 
turishini) ta’minlash uchun qolip devorlari 
tomon roliklar yurgizib chiqiladi. So‘ngra 
bog‘lovchi modda xona haroratida yoki 
ozroq qizdirilgan holda qotiriladi.
Armaturalovchi 
to ‘ldirgich 
sifatida, 
ko‘pincha, shisha to‘qima va shisha tola, 
bog‘lovchi sifatida esa fenol, epoksid va 
to ‘yinmagan poliefir smolalari ishlatiladi.
Bu usulda toidirgichga bogiovchi 
modda 
shimdirib 
olinadi, 
bu 
holda 
armaturani bogiovchi modda bilan hoilashga ehtiyoj boim aydi.
6.14-rasm. Kema
korpusini kontakt
usulida qoliplash
sxemasi:
1 - qolip; 2 - qop-
Icmgan smola va shisha
tola.
H avo
Qavatlar berish vaqtida 
Qotish vaqtida
6.15-rasm. Qop usulida qoliplash sxemasL
100


Qop usulida komponentlami tayyoriash va joylashtirish kontakt 
usulida qoliplashdagi kabi bo‘ladi. Qop, ko‘pincha rezina qop ishlatish 
(6.15-rasm) bogiovchi moddalar bilan toidirgichlam ing yaxshiroq 
kontaktda boiishini, shuningdek, buyumning yaxshiroq tekislanishini 
ta’minlaydi, qavatlar hosil qilishda (6.15-rasm, a) qop (1) qolipdan 
tashqarida boiadi. Qoliplash va qotishtirishda siqish plitasi (2) 
qolipning yuqori kesigiga qattiq mahkamlanadi, qolipga esa havo 
yoki bug‘ haydaladi, havo yoxud bug‘ bosimi ta ’sirida smola qotadi 
(6.15-rasm, b).
Polimerlami ko‘pirtirish natijasida hajmiy ogirligi kichik (0,05 
g/sm
3
gacha) boigan katak-katak konstruksion material hosil boiadi. 
Bu materiallar tuzilishi jihatidan bir-biriga tutashmagan, gaz bilan 
to ia , katak-katak (ko'pikli) va bir-biri bilan xuddi gubkadagidek 
tutashgan g‘ovaklarga ega boiishi mumkin.
Ko‘pirtirish uchun fenolaldegid va mochevinaaldegid smolalari, 
polistirol, polietilen, polivinilxlorid, selluloza atsetati, shuningdek, 
tabiiy va sun’iy kauchuk ishlatiladi.
Ko‘pirtirilgan polimerlardan suzish vositalari, issiqlik va elektr 
izolatsiyalari, tovush so‘ndiruvchi detallar, gubkalar yostiq uchun, 
mebellami joylash uchun materiallar qilinadi.
Fenoplastlar hosil qilishning bir necha usuli bor. Plastina gaz hosil 
qiluvchilar (poroforlar) kiritishdan iborat usul keng koiam da 
qoilaniladi, plastikka kiritilgan poroforlar qizdirilganda gazlar ajratib 
chiqaradi.
Plastmassalami payvandlash usuli barcha termoplastlar uchun 
qoilaniladi. Plastmassalami payvandlash uchun qizdirilgan (250-300 
°C gacha) havo ishlatiladi. Havo elektr toki yoki gaz alangasi bilan, 
yuqori chastotali toklar yoki ultratovush bilan qizdiriladi. Payvandlab 
biriktiriladigan yuzalar tozalanadi, tekislanadi va bir-biriga siqiladi 
(siqish bosimi 2-3 kG/sm
2
gacha boiadi). Plastmassa qizdirilganda 
chegara qatlamdagi makromolekulalar plastik holatga o ‘tadi, 
harakatchan b o iib oladi, bu esa qismlaming o ‘zaro singishi va 
payvandlanishiga olib keladi.
Elektr o ‘tkazmaslik xossalari yuqori boigan plastmassalar 
(polietilen, polipropilen, poliizobutilen va polistirol) yuqori chastotali 
toklar bilan payvandlanmaydi. Qattiq polivinilxloridni (vinilplastni) 
payvandlash uchun ishqalash y o ii bilan qizdirish usulidan, yumshoq
101


polivinilxloridni (plastikatni) payvandlash uchun esa, qizdirilgan 
tasma bilan qizdirish usulidan foydalaniladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin