Quruq yelimlar tolon, mayda bo‘laklar va boshqa ko‘rinishlarda
ham tayyorlanadi.
Yelimlash sovuq (-12...-30 °C) da, issiq (+40...+70 °C) da va
qaynoq (80 °C va undan yuqori) holda olib borilishi mumkin.
Buyum yoki detallami biriktirishda, fanerlami o ‘rtacha normal
quyuqlikdagi yelim eritmasidan foydalaniladi. Suyuq yelim eritmasi,
asosan, gruntovkalash maqsadida ishlatiladi.
Yelimlaming puxtaligini aniqlash uchun yelimlangan chok (birikma)
tajriba yo‘li bilan tekshiriladi. Buning uchun namligi 7-12
%
bo‘lgan
shumtol yoki eman yog‘ochidan namunalar (25x50x50 va 25x50 mm
o‘lchamli) olinib, tolalar yo‘nalishida bir-biriga parallel qilib yelimla-
nadi, so‘ngra namuna birikmaning yelimlangan choki iskana yordami
da yorib ko‘riladi. Agar bunda birikma yelimlangan joyidan ajralmas-
dan yog‘och yorilsa yoki ko‘chib chiqsa, yelimning yopishtirish xusu-
siyati yaxshi, yelimli chok puxta deb hisoblanadi. Tajriba sharoitida
esa, yelimlangan chokning puxtaligini press yordamida so‘ruvchi
kuchning qiymatini oshira borish yo‘li bilan tekshiriladi va h.
Duradgorlik yelimlari nam ta’sirida puxtaligini yo‘qotadi (namga
chidamsiz bo'ladi). Shuning uchun nam sharoitda ishlaydigan
buyumlar namga chidamli maxsus yelimlar bilan yelimlanadi.
Albuminli yelim
hayvon qoniga ohak aralashtirish yo‘li bilan
olinadi. Albuminli yelim bilan yelimlanadigan birikma issiq holatda
presslab yopishtiriladi. Yelimlangan joyda qoramtir chok hosil bo‘la-
di. Albuminli yelimlar faqat yelimlangan fanerlar uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: