Nurmurodov


Lok va bo‘yoq materiallar



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

6.2.2. Lok va bo‘yoq materiallar
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan lok va bo‘yoq 
materiallar asosan suyuq, xamir (pasta) va kukun ко‘rinishlarida 
boMishi mumkin.
Har qanday lok yoki bo‘yoq materiallar bilan turli sirtlami 
qoplaganda yupqa parda yoki qatlam hosil boMadi. Hosil boMadigan 
bunday qatlam tegishli buyum (detal) materialini korroziyadan (metall 
va qotishmalarga xos), egilish (bukilish) va namlanishdan (yog‘och va 
plastmassalarga xos) saqlaydi yoki ularga tashqi chiroy, estetik 
ko‘rkamlik baxsh etadi.
Shuning uchun hozirgi vaqtda detallami (buyumlarni) lok-bo‘yoq 
materiallar bilan qoplash yoki muhofaza qilish sanoat miqyosida keng 
qoMlanilmoqda. Lekin shuni ham ta’kidlab o ‘tmoq lozimki, lok- 
bo‘yoq materiallar bilan qoplangan detallar (buyumlar) ning 
ko‘rinishini va xususiyatlarini (uzoq vaqt) yo‘qotmasligi ko‘pgina 
omillarga bogMiq boMadi. Masalan, lok-bo‘yoqlami to ‘g‘ri tanlash, 
tegishli qoidaga rioya qilingan holda qoplash, ulami yopishqoqlik 
(adgeziya) kuchining qiymatini, lok-bo‘yoq materiallar bilan qopla- 
nadigan 
detal 
(buyum) 
materiallarining 
termik 
kengayish 
koeffitsiyentini, buyumdan foydalanish sharoitini (muhit, harorat 
va b.) hisobga olgan holda ishlatish orqali xizmat muddatini uzaytirish 
mumkin.
Lok va bo‘yoqlar tarkibiga ko‘ra, loklar, emallar, gruntovkalar va 
shpatlyovkalarga boMinadi.
108


Loklar 
organik eritmalarga (spirt, efir, skipidarga), asosan, smola 
va smolaga o ‘xshash mahsulotlami qo‘shish orqali tayyorlanadigan 
parda hosil qiluvchi materiallar. Loklar turli buyumlar (detallar) ga 
qoplash orqali ulami turli ta’sirlardan muofaza qilish va ko‘rinishini 
ko‘rkam qilish, turli materiallami elektr o ‘tkazmaydigan qilish hamda 
emal bo‘yoqlar tayyorlash uchun xalq xo‘jaligining turli sanoat 
tarmoqlarida keng ishlatiladi. Loklaming asosan tabiiy (moyli) va 
sun’iy (xlorvinilli, bakelitli va b.) turlari boiadi.
Emal bo‘yoqlar 
asosan turli pigmentlami loklarga qo‘shish 
orqali hosil qilinadi Emallar, emal bo‘yoqlar, nitroemallar (nitrot- 
sellulozali bo‘yoqlar), smolali, moyli va boshqa turdagi bo‘yoqlarga 
bo‘linadi.
Bulaming ichida nitroemal juda tez quriydi. Shuning uchun 
nitroemallar va introloklaming 507, 508, 907, 230 markalaridan yuk 
avtomobillarining, kabinalari, kapotlarini bo‘yash uchun ishlatiladi, 
660 markali qora rangdagisidan esa ramalar va transmissiyalami 
bo‘yashda foydalaniladi.
Nitroemal yengil mashinalami bo‘yash uchun ishlatilali. Lekin 
tarkibi asosan sintetik smolalardan iborat boigan loklardan hosil 
qilinadigan tegishli detal yoki buyumning qoplovchi pardasi kimyoviy 
va termik chidamliligi jihatidan ancha yuqori boiadi.
Gruntovkalar 
loklarga 50-70 % turli pigmentlar (xrom 
kislotaning tuzi, qo‘rg‘oshinli surik va b.) qo‘shib tayyorlanadi. Ular 
turli metallami korroziyadan, yog‘ochlami chirishdan muhofaza qilish 
uchun moijallangan.
Gmntovkalarning, asosan yelimli, moyli va nitrotsellulozali turlari 
boiadi. Buyum (detal) ni shpatlyovkalashdan oldin gruntovkalanadi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin