Shpatlyovkalar.
Juda maydalangan mineral kukunlar (bo‘r, gips,
ohak) ni turli moy, yelim, lok va boshqa bogiovchi moddalar bilan
aralashtirib,
ko‘rinishidagi
quyuq
modda-shpatlyovkalar
hosil
qilinadi.
Shpatlyovka detal (buyum) sirtidagi turli yoriqlami, teshik-
kovaklami, tirqishlami toidirib, sirtning tekis boiishini ta’minlash
maqsadida ishlatiladi. Shunga ko‘ra, shpatlyovka quyuq va suyuq
holatda tayyorlanadi. Shpatlyovka bir yoki bir necha bor maxsus
kurakcha-shpatel bilan surtiladi. Shpatlyovkani bevosita ishlatish
oldidan tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
109
Shpatlyovkalar tarkibidagi qo‘shiluvchi moddalaming miqdoriga
(dozasiga) qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, yelimli
shpatlyovkaning tarkibida 3
%
duradgorlik yelimi, 65 % bo‘r va
pigment, 30 % suv bo‘ladi. U tez qotadi. Uning yumshoq va yopish-
qoq bo‘lishini ta ’minlash uchun tarkibiga
2
%
alifmoy qo‘shiladi.
Moyli shpatlyovkaning tarkibida 70 % bo‘r va pigment, 30 % lok
bo‘lib, yelimli shpatlyovkaga qaraganda mustahkam bo‘ladi, lekin
sekin quriydi.
Agar yuzalami juda uzoq muddatga muhofaza qilish talab qilinsa,
u holda, yuzalami ko‘p qatlamli qoplamalar bilan, ya’ni gruntovka,
shpatlyovka, emal, lok qatlamlari bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.
Lekin yuzalardagi shpatlyovka qatlamining umumiy qalinligi 2
mm dan oshmasligi kerak.
110
7. KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
7.1. Cho‘yan ishlab chiqarish
M aium ki, tabiatda deyarli hamma metallar va ulaming qotish
malari tog‘ jinslari tarkibida turli xil murakkab birikmalar ko‘rinishida
uchraydi. Cho‘yan va p o ia t ishlab chiqaradigan hozirgi zamon
metallurgiya korxonasi turli korxonalaming murakkab kompleksidan
iborat.
1. Ruda, toshko‘mir, flyus, o ‘tga chidamli materiallar qazib
olinadigan shaxta va karerlar.
2. Bekorchi jinslami chiqarib tashlab ruda tozalanadigan va
suyuqlantirishga tayyorlanadigan hamda rudaga nisbatan tarkibida
temir ko‘p b oigan mahsulot — konsentrat olinadigan mda boyitish
kombinati.
3. Koks-kimyo sexlari va zavodlari. U yerda kokslanadigan
ko‘mirlar tayyorlanadi, koks pechlarida ular kokslanadi (havo
kiritmasdan taxminan 1000 °C temperaturada quruq haydaladi) hamda
ulardan y o i-y o iak ay benzol, fenol, toshko‘mir smolasi kabi qimmatli
kimyo mahsulotlari ajratib olinadi.
4. Energetika sexlari. U yerda elektr energiyasi olinadi va
uzatiladi, domna protsesslarida havo puflash uchun zarur boigan
siqilgan havo olinadi, cho‘yan va p o ia t eritish uchun kislorod olinadi,
shuningdek, metallurgiya korxonalarida chiqadigan gazlari tozalanadi
(tabiatni saqlash va havo basseynini toza saqlash maqsadida).
5. Cho‘yan va ferroqotishmalami eritish domna sexlari.
6
. Turli ferroqotishmalar ishlab chiqariladigan zavodlar.
7. P o ia t ishlab chiqarish uchun moijallangan konverter, marten,
elektr-poiat suyultirish sexlari.
8
. Prokat sexlari. U yerda qizdirilgan p o ia t quymalardan
tayyorlamalar (blyumlar va slyablar), keyinchalik sort prokat, trubalar,
list, sim va boshqalar uchun qayta ishlanadi.
Hozirgi zamon p o ia t ishlab chiqarishi ikki bosqichli sxemaga
asoslangan, unda domna pechlarida cho‘yan eritiladi hamda
keyinchalik undan turli usullar bilan p o ia t olinadi. Domna pechlarida
111
eritish protsessida ruda tarkibidagi temir oksidlaridan temir tanlama
qaytariladi. Shu bilan birga rudadan fosfor hamda uncha ko‘p
bo‘lmagan miqdorda marganes va kremniy ham qaytarib olinadi;
temir uglerod va qisman yoqilg‘idagi (koks) oltingugurt bilan
to‘yinadi. Shunday qilib, rudadan tarkibida 2,14% dan ko‘p uglerod,
kremniy, marganes, oltingugurt va fosfor bo‘lgan temir qotishmasi
olinadi.
Metallurgiya korxonalarida mazkur birikmalardan quyidagi asosiy
usullar yordamida metall va uning qotishmalari ajratib olinadi:
Dostları ilə paylaş: |