Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

• Pirometallurgiya, 
bu usulda metall ishlab chiqarish uchun zarur 
issiqlik yoqilg‘ini yondirish hisobiga olinadi;
• Elektrometallurgiya, 
ushbu usulda metall ishlab chiqarish uchun 
zarur issiqlik elektr energiyasi evaziga olinadi;

 Gidrometallurgiya, 
mazkur usulda ruda tarkibidagi metall 
erituvchiga o ‘tkazilib, so‘ngra ajratib olinadi;
• Kimyoviy metallurgiya 
usulda kimyoviy va metallurgiya 
jarayonlari yordamida metall ajratib olinadi.
Yoqilg‘ining asosiy yonuvchi komponenti uglerod bilan vodorod 
hisoblanadi. Uglerod yonish davrida o ‘zidan ko‘p miqdorda issiqlik 
ajratib chiqarishi bilan birgalikda, temimi oksidlardan qaytarishda 
ishtirok etadi. Metallurgiyada yoqilg‘i sifatida koks, mazut, tabiiy gaz, 
domna va koks gazlari ishlatiladi.
Koks. Toshko‘mimi maydalab, maxsus pechlarda 1000-1100°C 
haroratda 10-15 soat davomida havosiz joyda qizdirishdan olingan 
qattiq g‘ovak massa koks deyiladi.
Koks 80-95 % C, 0,5-2,0 % S, 0,04 % P, 1,0 % ga yaqin gazlar, 
10-13 % kul va 5 % namlikdan iborat bo‘Iadi. Koks o ‘zidan 6500- 
7500 kkal/kg issiqlik ajratib chiqaradi; koksning g‘ovakligi 45-55 % 
bo‘lib, 700°C haroratda alangalanadi. Koks domna pechlari va 
vagrankalarda cho‘yan ishlab chiqarishda yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
M azut neftni qayta ishlashdan hosil boMgan suyuq yoqilgM 
boMib, Marten va boshqa pechlami qizdirishda ishlatiladi. Mazut o ‘zi- 
dan 8500 - 10500 kkal/kg issiqlik ajratib chiqaradi. Yonish jarayonini 
boshqarish qulay va yongandan keyin o ‘zidan kul ajratmaydi.
Tabiiy gaz. Uning asosiy qismi CH4-m etan boMib, 1 m
3
tabiiy 
gaz yonganda 8000 kkal issiqlik chiqadi.
Metallurgiya sanoatida tabiiy gazdan foydalanish quyidagi 
afzalliklarga ega:
112


• domna va marten pechlarida boradigan jarayonlami 
faollashtiradi;
• ish unumdorligini oshiradi;
• koksni tejash imkonini beradi.
Koks gazi. 
Toshko‘mirdan koks olish jarayonida gaz hosil 
bo‘ladi. Uning tarkibida 46-63 % H, 21-27 % CH
4
, 2-7 % CC>2,4—18 
% N boiadi; 1 m
3
koks gazi yonganda 3500-4500 kkal/kg issiqlik 
ajralib chiqadi.
Domna gazi. 
Domna pechlarida cho‘yan ishlab chiqarishda 
ajraluvchi gaz b o iib , metallurgiya korxonalarida u sof holda yoki 
koks gazi bilan aralashtirilib ishlatiladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin