Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

blyuminglar
deb, qalinligi 250 mm gacha va 
uzunligi 5 m gacha bo igan list tayyorlanmalar (slyablar) prokatlash 
uchun m oijallangan stanlar esa s
lyabinglar
deb ataladi. Buyuminglar 
ham, slyabinglar ham reversiv b o iad i.
Stanlarda prokatlash tezligi prokat turiga, tayyorlanmaning 
(zagotovkaning) holatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Masalan, sort 
va list prokatlash tezligi 7-15 m/s, sim prokatlash tezligi 25-50 m/s 
bo‘ladi, sovuqlayin yupqa prokatlashda esa tezligi 35 m/s ga yetadi. 
Blyums va slyablaming prokatlash tezligi 7 m/s dan ortmaydi.
B a ’zi prokatlarni tayyorlash texnologiyasi haqida.
M a’lumki, 
prokatlash jarayonida turli prokatlar (buyumlar) ishlab chiqariladi. 
Ana shunday prokat turlaridan chokli va choksiz quvurlar hamda 
suyuq metallardan prokatlar olish jarayonlari bilan tanishish maqsadga 
muvofiqdir.
Chokli quvurlar
tayyorlash uch bosqichdan: tayyorlanmani egib, 
quvur shakliga keltirish, quvumi payvandlash va payvandlangan 
quvumi kalibrlash bosqichlaridan iborat.
Chokli quvurlar ishlab chiqarishda tayyorlanma sifatida p o ia t 
polosa (shtrips) olinadi, uning eni olinadigan quvuming parametriga, 
qalinligi esa quvur devorining qalinligiga teng boiadi.
Kichik diametrli (100 mm gacha) quvurlar olishda tayyorlanma 
maxsus pechlarda 1300-1350 °C gacha qizdirilib, so‘ngra zanjirli 
stanning payvandlash voronkasi orqali tortib o‘tkaziladi. Bunda 
tayyorlanma quvur shakliga kelib, qisilayotgan qirralari voronkadagi 
bosim hisobiga payvandlanadi.
Magistral gaz quvurlari uchun m o‘ljallangan katta diametrli 
quvurlar (630-1420 mm gacha) uchun tayyorlanmalar list qayirish 
stanlarida quvur shakliga keltiriladi. Keyingi yillarda listlami 
gidravlik presslar tizimi vositasida qayirib, quvur shaklini olgan 
tayyorlanmani zarur harorat (1300 °C) gacha qizdirib, uni p o ia t 
opravkaga kiygizilgan holda, jo ‘valardan ezib o‘tkazish bilan 
payvandlanmoqda. Quvurlami elektr energiyasi va gaz alangasidan 
foydalanib payvandlash usullari ham qoilaniladi.
146


Choksiz quvurlar ishlab chiqarish quyidagi ikki jarayonni o‘z 
ichiga oladi:
1. Qizdirilgan quymani qiyshiq prokatlash stanida prokatlash 
bilan unga teshik ochib qalin devorli gilza olish.
2. Qizdirilgan gilzani maxsus stanlarda prokatlab quvurlar olish.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin