4
Bizning bitiruv mutuxassislik ishimizda, oldimizga qo`ygan vazifamiz
biologiya darsliklari bo`yicha mavzularni o`qitishda yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarning metodlaridan, uslublaridan va shakllaridan foydalanish orqali
biologiya darslarining natijaliligini oshirishga imkon beradigan tematikalik yangi
texnologiyalarni tanlash va qo`llash orqali biologik ta`limning samaradorligi
bo`lishiga o`z xissasini qo`shgan bo`lib hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, ilm –fan –
taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalariga
tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q. Faqat ilm va
ma‘rifat, intellektual salohiyat, xar tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz
O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz.
Ta‘lim-tarbiya
tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘quvchilarning Vatanimizni
sevadigan, o‘z bilimi va iste‘dodiga suyanadigan hamda mustaqil ravishda
zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda bilim
oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Mazkur vazifalar samarali darslar orqali
amalga oshiriladi. Odam va uning salomatligi fanini o‘qitishda zamonaviy
yondashuvlar va innovatsiyalarni o‘rgatish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirish orqali ta‘lim samaradorligini ta‘minlashdan iborat.[2]
Dostları ilə paylaş: