12
Darsda o‘quv dasturi talabalari asosida talim- tarbiya uzviyligini taminlash,
bu jarayonda o‘qitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan meyorlangan talim
mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, manaviy-axloqiy
tarbiyalash, ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish amalga
oshiriladi.
O‘quvchilarga talim-tarbiya berish sifati va o‘qitish
samaradorligi darsni
tashkil etilishi, ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish
va faollashtirish masalalariga bog‘liq bo‘ladi. Dars – biologiya o‘quv dasturi
bilan meyorlan gan mazmunni o‘rganish maqsadida yoshi, tayyorgarlik darajasi
bir xil, doimiy tarkibga ega bo‘lgan o‘quvchilardan iborat guruh (sinf) larda
belgilangan vaqt doirasida, qatiy jadval asosida biologiya o‘quv xonasida tashkil
etiladi. [8]
O‘rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda darslar tirik tabiat
burchagida, o‘quv tajriba maydonida, biologik muzeylarda tashkil etilishi ham
mumkin.Biologiya o‘quv dasturida talim mazmuni o‘quvchilar ning yosh va
psixologik xususiyatlari, bilim zaxiralari hisobga olingan holda berilgan.
Biologiya o‘quv fanlarining mazmuni mantiqiy ketma-ketlikdagi alohida qismlar
– boblar, mavzularga bo‘lingan. Har bir mavzu mazmunini o‘rganish darslarda
amalga oshirganligi sababli, darslar ham muayyan sistemani tashkil etadi, bir-biri
bilan mantiqiy bog‘langan bo‘ladi.
Darsda o‘qitish hamma o‘quvchilar uchun umumiy bo‘lgan o‘quv dastur
asosida tashkil etiladi, o‘qituvchi o‘rganilayo
tgan mavzu mazmuni,
talimiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq, o‘quvchilarning
bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik
faoliyatni amalga oshiradi.
Demak, o‘quvchilarning darsdagi faoliyati ularning o‘quv-bilish faoliyatini,
o‘qituvchining faoliyati esa shu faoliyatni tashkil etish, boshqarish va
faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyat sanaladi.
13
Darsda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati, o‘qituvchining pedagogik
faoliyati bilan uyg‘un tashkil etilganidagina o‘qitish
maqsadlariga erishish
mumkin.
Har bir dars o‘quvchilarning mavzuga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy rivojlanishi, shaxs sifatida
tarbiyalash, atrof-muhitgaongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi va
biologiyani o‘qitishdan nazarda tutilgan umumiy maqsad va vazifalarning
ajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Darsning muvoffaqiyatli tashkil etilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining darsga
qo‘yiladigan talablarni bilishi, unga amal qilishiga bog‘liq. Mazkur
talablar
jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, manaviy-marifiy qarashlari, talim
muassasalarining maqsadi va vazifalari, o‘qitish qonuniyatlari va printsplaridan
kelib chiqqan holda belgilanadi.
Biologiya o‘qitish metodikasida darsga qo‘yilad igan talablar uch guruh
metodik, tarbiyaviy va tashkiliy talablarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: