Bolalar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari uchun uning matni qisqa gaplardan iborat bo'lishi va izchil bayon qilinishi kerak. Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o'ngatish jarayonini yengillashtiradi, bolalar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib beriladi. Bundan tashqari, namuna bolalarning hikoya qilishlari lozim bo'lgan mavzularning taxminiy mazmunini, ularning hajmini, kctma-ketligini belgilaydi. Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo'yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan bolalarga yordam berishda foydalaniladi. Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan I — 2 bola takrorlashi mumkin. Namuna hikoya usulidan mashg'ulotning boshida foydalanish kerak. Undan mashg'ulot oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki bolalar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o'z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar. Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat bo'lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Namuna usulidan foydalanib hikoya qilib berish bilan bog'liq 2 — 3 mashg'ulotdan keyin hikoyani reja asosida so'zlab berishga o'rgatish mustaqil, yetakchi usullardan biri bo'lib qoladi. Bolalar hikoyasi xilma-xil bo'lishi uchun tarbiyachi oldindan asosiy va qo'shimcha reja tayyorlab qo'yishi kerak. Bir mashg'ulot jarayonida savollarni almashtirish (yangilash) bolalar diqqatini faollashtiradi.
Masalan, maktabga tayyorlov guruhi bolalariga o'z guruh xonalarini tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin: Xonani kim toza saqlaydi?
Sen xonani yigMshtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan? yoshli bolalar guruhi bilan dastlabki mashg'ulotlarda, agar bola rejadan chetlashsa, uning nutqini bo'lmasdan, oxirigacha tinglab turish lozim. Ammo asta-sekin hikoyaning to'liq yoki izchil emasligini aytib, boshqa bolalarni javobni to'ldirishga jalb qilishi kerak.
yoshli bolalarning hikoyasiga dastur talablarini (ularning maqsadga qaratilganligi va izchilligiga) qo'yadi. Shuning uchun bolalarni hikoya rejasiga amal qilishga o'rgatish kerak. Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va o'z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir.
Tarbiyachi hikoya qiluvchining mavzudan yoki rejadan chetga chiqib ketganini o'zi ko'rsatibgina qolmay, balki bolalarni o'rtog'ining hikoyasini nazorat qilib borishga jalb qilishi kerak.