Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə59/165
tarix14.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#113370
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy

Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.

  • Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.

    Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon
    etilgan:

    1. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.

    2. Narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar. kiyim- kechaklar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar haqida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni tuzish.

    3. Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.

    4. Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni, narsalarni, bog'chada va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.

    5. Ta’limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: ,,Qo'- g'irchoq, o'yinchoqni top", „Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor“, „Qo'g'irchoq, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", ,,Qo'- g‘irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top- chi?“ va boshqalar.

    6. Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3 — 4 so‘z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.

    Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib berishning xuddi katta gumhdagi kabi turlari ko'rsatilgan.
    Bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar
    Bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:

    1. Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib, tarbiyachi bolalarga narsa- buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam benivchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi.

    Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo'lishi, ya’ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi lozim. Masalan, tarbiyachi o'yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u liaqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:
    Mana bu ayiqeha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari, tumshug'i bor. Tumshug'ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqeha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.

    Yüklə 1,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin