Monologik nutqni qabul qilishga tayyorgarlik ko’rish va unga o’rgatish bola hayotining ikkinchi yilida - kichik folklor namunalarini o’rganish jarayonida olib borilishi lozim.
Bolalarga monologik nutqni to’g’ri o’rgatish uchun pedagog bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishi lozim.
Qayta hikoya qilish va hikoya to’qish - bu bolalarga monologik nutqni o’rgatishning asosiy metodlari hisoblanadi.
So’zli obrazlarga tayanish barcha yosh guruhlarida monologni o’rgatishning asosiy usullari hisoblanadi. Real narsalar va suratlarga tayanish esa - qo’shimcha usullardir.
Monologik nutq bo’yicha ishlar har bir yosh guruhida matnning murakkabligi va uning hajmi bilan farqlanadi.
Bolalarning og’zaki monologik nutqning har xil turlarini: qayta hikoya qilish, hikoya qilish, hikoya to’qishni o’zlashtirib olishlari hikoya qilishni o’rgatish vazifasi hisoblanadi.
Maktabgacha bosqichdagi katta yosh - bolaning nutqqa nisbatan oddiy bilish qiziquvchanligi paydo bo’lishi, til borlig’ining oddiy anglash davridir.
Turli toifadagi so’zli o’yinlar, mashqlar, muammoli nutqiy vazifalarning muntazam ravishda qo’yib borilishi - to’laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim shartlari hisoblanadi.
Nutqiy mashg’ulotlar - bolalarning ravon nutqini rivojlantirishga doir muntazam ishlarning asosiy shaklidir.
NAZORAT SAVOLLARI: Bolalarga monologik nutqni o’rgatishga qaysi yoshdan boshlab tayyorgarlik ko’rish
lozim?
Monologning bola uchun qiyinligi sababi nimada?
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqiy imkoniyatlari xususiyatlari nimalardan iborat?
Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bola nutqi vazifalarining turli-tumanligini aniq misollar orqali tavsiflang.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari nimalarda ko’rinadi?
Monologik matnni qayta hikoya qilishda yordam beradigan savollar toifalarini tavsiflang.
Qabul qilish, xotira va tasavvur asosida qayta hikoya qilishni aniq misollar orqali tushuntirib bering.
Real ob’ektlarga tayanish usullarini tavsiflab bering.
Bolalar to’qimalarini tasniflang va ularni tavsiflang.
Nutqni mazmun jihatidan rivojlantirishning asosiy shartlarini tavsiflab bering.