voqealar ketma-ket keladigan rasmlar to‘plami asosida hikoya tuzish;
peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish.
Tarbiyachi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo’lish i, bolaning yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan bolalarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo’lishi; d) bolaning xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg‘ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa- buyumning ko'rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo'lmasligi. Turli yosh guruhlarida rasmga qarab hikoya tuzishga o’rgatish uslubiyoti Kichik guruh. Bu guruhda rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu guruh bolalari hali o‘z fikrlarini bir-biriga bog’lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko‘rinishiga ega boladi. Bu yoshdagi bolalar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu bolalarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z to’plamining kamligi, gaplarni to’g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog’liqdir. Rasm bo'yicha ishlashda tarbiyachining asosiy vazifasi quyidagilar: 1) rasmni ko'rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o‘rgatish; 2) rasmda tasvirlangan narsa- buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog’langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo’lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga o'tish. Bolalarni rasmlar bilan tanishtirish mashg‘uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg'ulot asosan ikki qismdan iborat boladi: