Qayta hikoyani takrorlash. Bu usuldan ko'proq o‘rta va katta guruhlarda foydalaniladi. Bu bola uchun ancha murakkab bo’lgan usuldir, chunki u tarbiyachining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq jum lalarni ham takrorlashiga to‘g'ri keladi.
So’z va jumlalarni aytib turish.Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga y o l qo'ymaydi. Bu usuldan ko‘proq bola asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi. Agar bola juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo‘lsa, tarbiyachi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga c'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to ‘plashi kerak.Agar bola hikoya qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo’li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo‘lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko‘z q arashi bilan lining xatosini, kamchiligini tuzatishi, hikoya qilib bergandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Hikoya qilayotganingda tinch turishing. boshingni pastga egmasdan, o‘rtoqlaringga qarab turishing kerak. Axir ular sening hikoyangni tinglashadi-ku“ , deb aytishi kerak. Tarbiyachi bolaning bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo’ysa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg‘ulotidan oldin yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi. Tarbiyachi aytib turish orqali, bolani qayta hikoya qilayotganida yo‘l qo’ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o ‘rgatishning keyingi bosqichlarida ham qollaniladi.