Rollarga bo'lib qayta hikoya qilish. Bu usul nutqning ma'nodorligini (ifodaliligini) shakllantirishga yordam beradi. Tarbiyachi tom onidan ishtirok etuvchi shaxslar haraktcrining izohlanishi bolalar nutqining oydinlashishiga, diqqatining faollashishiga katta ta'sir ctadi. Rollarga bo’lib qayta hikoya qilish o‘rta guruhdan boshlab qo’llaniladi. Bu usuldan m ashg‘ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O'yin usuli (dramalashtirilgan o’yin). Bu usulda personajlarning (ishtirok etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: bolalar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng foydalanadilar, biroq o‘yin uchun hech qanday niqoblar, dekoratsiyalar talab etilmaydi. Tarbiyachi avval o’zi muallif nomidan gapiradi, so‘ngra bola gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo‘sh rivojlangan bolalar chiqariladi. Dramalashtirilgan o’yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh guruhlarida qayta hikoya qilib berishga o’rgatish mashg‘ulotining tuzilishi (o’tkazish uslubiyoti) har xil boladi. Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bolishi kerak. Qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya qilishga o ‘rgatish ularga tanish bo’lgan ertaklarni („Bo‘g‘irsoq” „Sholg‘om“ , ,,Bo‘ri bilan echki“ , „Och ko’z it“) takrorlashdan boshlanadi. Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o ‘rgatishda quyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita so'zni yoki to'liq gapni takrorlaydilar:
Chol bilan kampir...
Yashashar ekan.
Bir kuni chol...
Sholg‘oni ekibdi.
So’ngra bolalar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o‘rgana boshlaydilar. Savollar voqealar ketma-ketligini belgilashga, ishtirok etuvchilarning nomini aytishga qaratilgan bo’ladi:
Bo‘g‘irsoq kimni uchratdi?
Quyonni.
Agar boia ertakning boshlanishini yaxshi eslab qolgan bo’lsa, u holda uni mustaqil hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida bola qiynalsa, tarbiyachi yordamlashadi, ya'ni matnni esiga tushirishdan foydalaniladi, bu ertak mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.Qisqa xalq ertaklarini qayta hikoya qilishdan so‘ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘tishi mumkin (Mirmuhsin. „Olxo'ri“ , „Tosh“). Mashg‘ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko’rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko’rsatmalar berish bilan birga qo'shib olib boriladi. Illustratsiyalarni asarni o‘qib berishdan avval yoki o‘qib bergandan keyin ko‘rsatgan ma'qul. Tarbiyachi shunday deydi: „Hozir men sizlarga rasmlami ko‘rsataman, so’ngra hikoya o’qib beraman“ yoki „Hozir hikoyani o‘qib beraman , so‘ng rasmlarni ko’rsataman“.
O‘rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo’lgan vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo’lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga o'rgatib qolmasdan, balki asar qahramonlarining gaplarini ifodali qilib bayon etishga, boshqa bolalarning qayta hikoya qilishlarini diqqat bilan tinglashga va matnga taalluqli bo‘lmagan jumlalarni topishga o‘rgatadi. Ushbu guruhda bolalar butun yil davomida 8— 10 ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan Turna “, „Maqtanchoq quyon“ , „Fil va xo’roz“ , „ lkki o ‘rtoq“ , A.Oripovning „Bobo va nabira“ she’rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.
O'rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun olrta guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o'rgatishdagi muhim vazifa — bu ularga asarning mantiqiy bog'lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga asarni dastlabki o lqishdan sokng o‘tkaziladigan suhbat orqali erishish mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul bo'lib hisoblanadi.
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:
asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;
voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.
Shuningdek, asar o'q ib berilgandan keyingi suhbat bola nutqidagi lug’at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramonlarning ovozlarini ifodali bayon etishga ta ’sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. Adabiy matn o’qib berilgandan so‘ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniqlash maqsadida matn yuzasidan qisqa suhbat o‘tkaziladi.Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday? (qo'rqoq, yolg'onchi, tarbiya ko‘rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro‘y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib qolsangiz, unga nima degan bo’lar edingiz?
(Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg‘onchi, qo’qoq sanku. Bundaylarni biz o’zimizga sherik, o’rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga o‘ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o’kazilgach, u ikkinchi marta o’qib yoki hikoya qilib beriladi va bolalar tomonid an qayta hikoya qildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o‘qib (hikoya qilib) beraman. So‘ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar“. O‘rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya qilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to ‘liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib berishni esingdan chiqarding?“), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi personajlarning so‘zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: „Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday so ‘raydi?“ — „Samimiy,
ayyorona— ; „Maqtanchoq quyon o’rtoqlariga nima deb maqtandi?“ — „Ve-e. Yem bo‘lib bo‘pman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi“ — (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo‘yicha qayta hikoya qilishdan ham foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda bolalar asar mazm unini o ‘z so‘zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning fikrini aniq va to‘g’ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak. Bolalarning qayta hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik) usullardan hisoblanadi. 0 ‘rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi. Bolalarning qayta hikoya qilishini baholashd a unin g yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: bolalarda qayta hikoya qilishda matnga to‘g‘ri
kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni qayta hikoya qilishga o ‘rgatish orqali ularning nutq faolugini, mustaqilligini rivojlantirishga ta'sir ctadi. Katta guruhlarda adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o’rgatishda yangi vazifalarni ha! etish nazarda tutiladi: tarbiyachining yordamchi savollarisiz ertak va hikoyalarning
mazmunini bir-biriga bog’lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib, grammatik tomondan to‘g ‘ri bayon eta olishga o ‘rgatish. Endi bu guruhda ancha murakkab, hajmi kattaroq bo‘lgan asarlarni qayta hikoya qilish taklif etiladi. (Bu guruhlarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan asarlar ro'yxati „Badiiy terma kitob“da ko'rsatilgan. Tuzuvchilar: S. G'oziyeva, D. Ochilova, L. Dolimova. T., ,,0 ‘qituvchi“ , 1993.)
Masalan:. ,,Bo‘ri bilan tulki“ (o'zbek xalq ertagi), „Chumchuq “ (o'zbek xalq ertagi), Gulxaniyning „Toshbaqa bilanchayon" masali, „Zumrad va Q im m at“ (o ‘zbek xalq ertagi ) va hokazolar.
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish m ashg‘ulotida tarbiyachi o‘z oldiga bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirish. matn mazmunini bir-biriga bog'lab, kctma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik jih atd an to ‘g‘ri bayon etishga o‘rgatish vazifasini q o ‘yadi. Qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish m ashg‘u!otini o‘tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh bolalari bog’lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining o 'z oldiga q o ‘ygan vazifasiga, shuningdek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya etilgan adabiy asar matniga bog‘liq bo'iadi.
Dostları ilə paylaş: |