Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


§. Hikoya qilib berish turlari va metodlari



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə114/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

§. Hikoya qilib berish turlari va metodlari




Reja:

  1. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi.

  2. Bolalarni hikoya tuzishga o‘rgatish.

  3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari.



Tayanch tushunchalar: Hikoya, o‘quv materiali, qurilish materi- allari, uy maketlari, mashg‘ulot uchun ko‘rgazmali qurollar.



  1. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi. Hikoya – o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilim- lar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foy- dalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajri- basi bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‘cham», «Me- ning oilam», «Mening sevimli o‘yinchog‘im» va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazmuniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materi- allarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta gu- ruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordami- da fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.

Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror pred- met yoki voqeaning o‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin