Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə111/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Suratlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda bolalarni so‘zlashuv nutqiga (dialogik) o‘rgatish. Suratni kо‘rish va u haqida suhbat mashg‘ulotining uslubiyoti xuddi kuzatish mashg‘ulotining uslubiyotiga о‘xshashdir. Tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin suratni bo- lalarga kо‘rsatmasdan, guruh xonasiga olib kiradi va uni doskaga tes- kari tomoni bilan osib qо‘yadi. Bunday qilishdan maqsad bolalardagi ixtiyorsiz diqqatdan mashg‘ulotning boshlanishida foydalanishdir.

Mashg‘ulotni boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, yangi surat mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suh- bati о‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk о‘z bolalari bilan” nomli suratni bolalarga kо‘rsatishdan avval tarbiyachi ularga: Kimning uyi- da mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nimalar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. Sо‘ngra bo- lalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvirlangan suratni olib keldim, hozir sizlarga kо‘rsataman, – deb suratning old tomo- nini ilib qо‘yadi va bolalarning uni yaxshilab kо‘rib olishlari uchun 1– 2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab kо‘rib olishgach, tarbi- yachi unda tasvirlanganlar bо‘yicha savollar bera boshlaydi. Savol- lar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda ushbu surat bо‘yicha mashg‘ulot о‘tkazilsa, undan maqsad: bolalarning mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurla- rini aniqlash, tashqi kо‘rinishi, harakati, ovqatni qanday yeyishini bilish va lug‘atini faollashtirish bо‘lsa, tarbiyachi bolalarga suratni kо‘rsatib shunday savollar beradi: Suratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik guruh bolalariga esa yuqorida- gi savollardan tashqari, yana ushbu savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mu- shukcha nima qilyapti? U nimadan sut ichyapti? U sutni qanday ich- yapti? Ip kalavasi bilan о‘ynayotgan mushuk bolasini kо‘rsatib: Bu mushukcha qanday rangda? U panjalari bilan nima о‘ynayapti? ip kalavalari qanday rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beri- ladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni kо‘rib chiqish
vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga yо‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning panjalarida ninasi kо‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalava- lari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa- vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining о‘zi gapirib beradi:
«Mana bu ona mushuk – Mosh. Uning mushukchalari bor. U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushukchalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rangdagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‘il mushukcha kо‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib о‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va «xir-xir» qilib xirillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yangi sо‘zlar izohlab beriladi, qiyin sо‘zlar jо‘r bо‘lib takrorlanadi. Mashg‘ulot topishmoq aytish va uning javo- bini topish (Kichkina qumg‘on, о‘tirib kо‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning «Mushuk» she’rini):
Mushugim deydi: miyov, Sichqon doim menga yov! Shuning uchun qо‘ymayman, Qancha yemay tо‘ymayman.
yoki qisqa hikoya о‘qib berish bilan (Habib Pо‘latovning «Mosh hikoyasi» davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mо‘ylov, ich- yapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyov- laydi, xurillaydi va hokazolarni kiritadi. Suratlarni kо‘zdan kechirish va u haqda suhbat mashg‘ulotining о‘ziga xos xususiyati shundaki, mashg‘ulotda kо‘p о‘rinni hikoya, yangi ma’lumotlar va sо‘zlarni ma’lum qilish, ularni bolalarga oldindan tanish bolgan tushunchalar bilan taqqoslash egallaydi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalarga m’lum bо‘lgan sо‘zlarni faollashtirish, yangi sо‘zlarni mustahkamlash elementlari mavjud. Ba’zan katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga mashg‘ulotda rassomlarning reproduksiya suratlarini kо‘rsatishdan ham foydalaniladi; bunday mashg‘ulotlar bolalarga
estetik va axloqiy tarbiya berishda muhim vosita bо‘lib hisoblana- di. Undan tо‘g‘ri foydalanish natijasida tarbiyachi bolalar lug‘atini sezilarli darajada boyitishi mumkin. Maktabgacha tarbiya pedagogi- kasida va tasviriy faoliyat uslubiyotida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar yoshiga mos bо‘lgan suratlar reproduksiyasining rо‘yxatlari ishlab chiqilgan.
Mashg‘ulotdan keyin surat bir necha kun guruh xonasida qoldiriladi va bolalar uni yana bir bor diqqat bilan kо‘rib chiqa- dilar. Bolalar lug‘atini faollashtirish, aniqlash va mustahkam- lashda suratlardan keng foydalaniladi. Suratlarning turlari juda xilma-xil. Masalan, predmetli suratlar, voqeaviy suratlar va ho- kazo. Suratlarni kо‘zdan kechirishdagi lug‘at ishi bevosita kuza- tishdagi lug‘at ishidan ancha farq qiladi. Bolalar suratda buyum- larning tasvirini kо‘radilar va biz bolalarga shu tasvirdagi buyum- larni bilishga, ya’ni ularga ma’lum bо‘lganlari bilan taqqoslashga о‘rgatamiz. Suratdagi tasvirni kо‘rib chiqish va unda nimalar tasvirlanganligini aytish uchun bola ilgari kо‘rgan, idrok qilgan sо‘zni, buyumni esga keltirishi kerak. Suratda tipik obraz berilib, aniq narsalar tasvirlanadi, shuning uchun bola suratdagi tasvirni osonlikcha bilib oladi. Chiroyli surat bolalar diqqatini о‘ziga jalb qiladi va u suratni kо‘rib chiqish bilan birga, ovoz chiqarib, tas- virdagi buyum, hodisa nomini aytadi, unga о‘z munosabatini bildi- radi. Dastlab kichkintoy suratdagi tasvirlarning nomlarini diqqa- tini о‘ziga tortuvchi, о‘ziga yaxshi tanish yoki qiziqarli bo‘lgan narsalarni tartibsiz sanab о‘tadi. Tarbiyachining vazifasi bolalarni surat mazmunini idrok qilishga, izchillik bilan kо‘rib chiqishga, asosiy belgilarini ajratib kо‘rsata olishga о‘rgatishdan iboratdir. Suratlarni to‘g‘ri kо‘rib chiqish malakalari ta’lim jarayonida, tar- biyachi rahbarligida shakllanib boradi. U buyum va hodisalarni suratdan darrov tanib olishga, hayotda kо‘rganlari bilan taqqos- lashga, tasvirlanganlarni tо‘g‘ri asoslashga о‘rgatadi va bolalar- ning his-tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Suratdagi tasvirlar yuzasidan beriladigan umumiy savollar: Nima tasvirlangan? Yana nima deyish mumkin? bolalarni idrok qilishga о‘rgatmaydi. Suratdagi mazmunni aniq yoritishga yordam beruvchi ancha tо‘g‘ri savol bu

  • Surat nima haqida? degan savoldir. Tarbiyachi bolalarni sekin- astalik bilan bu savolga javob berishga о‘rgatib boradi. Bunda ushbu usullardan foydalaniladi:

  1. о‘zi surat mazmunini qisqacha yoritib beradi;

  2. markazdagi buyumni kо‘rsatkich tayoqcha bilan kо‘rsatadi va shu vaqtning о‘zida: «Bu nima, bu kim? deb sо‘raydi, ya’ni birinchi savol aniq jaranglaydi; 3) surat kompozitsiyasi haqida beriladigan savol tuzi- lishiga diqqatini yо‘naltiradi: «Ona mushuk qayerda yotibdi va u kim- larga qarayapti?». Katta guruh bolalariga suratga nom о‘ylab topishni faqat mashg‘ulot oxirida emas, balki mashg‘ulotning boshida ham tak- lif etadi. Suratlarni kо‘rib chiqish va u haqda suhbat mashg‘uloti umu- miy faol didaktik prinsiplarga bо‘ysunadi, bu haqda bevosita kuzatish mashg‘ulotlari haqida fikr yuritilganda yoritib о‘tilgan suratni bolalar- ga kо‘rsatishdan avval diqqatlari tо‘planadi, tasvirni kо‘rib chiqishlari uchun vaqt beriladi, sо‘ngra tarbiyachi rahbarligida suratdagi tasvir- lardan biri kо‘rib chiqiladi. Bu jarayonda ular о‘rtasidagi mazmunli bog‘liqlik aniqlanadi. Bu mashg‘ulotda lug‘at ishining asosiy usuli savoldir. Bunda turli shakldagi savollardan foydalaniladi:

  1. Suratning umumiy mazmunini aniqlash uchun – Surat nima haqida? Uni biz qanday ataymiz?

  2. Buyumlarni tasvirlash uchun – Nima?, Qanday?, Qayerda?,

Nima qilyapti?, Nimaga о‘xshaydi?

  1. Suratning tarkibiy qismlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash uchun – Nega?, Nima uchun?, Nimaga?, Kimniki?, Ni- masi bilan о‘xshash?

  2. Suratda tasvirlanganlardan chetga chiqish uchun – Keyin nima

bо‘ladi? Bungacha nima bо‘lgan edi? Buni sen qanday topding?

  1. Surat mazmuniga yaqin bо‘lgan, bolalar shaxsiy tajribasiga oid savollar – Senda shunday о‘yinchoq bormi, yaqinda bizning gu- ruhimizga kim keldi? Biz yangi bolani qanday kutib oldik?

  2. Katta guruh bolalarining lug‘atlarini faollashtirish maqsadida sinonimlarni tanlash uchun savollar - buni yana qaysi sо‘zlar bilan aytish mumkin: kun-oftob-quyosh, yordamlashyapti- kо‘maklashyapti-qarashyapti, tiniq–beg‘ubor, iliq – issiq, gо‘zal

– kо‘rkam va boshqalar.
Beriladigan savollar har doim ham javob berishni talab etuvchi bо‘lmasdan, balki yordam beruvchi ham bo‘lishi mumkin. Bunday savollardan kо‘proq kichik guruhlarda foydalaniladi – Bu mushuk- chami? Bu koptokmi? Katta guruhlarda Y.I.Tixeyeva tomonidan ishlab chiqilgan usullardan foydalanish mumkin. Bu usul «Kim kо‘proq kо‘radi» nomli о‘yin shaklidagi mashqdir. Bolalar bu о‘yin mashqida suratda tasvirlangan buyumning belgilarini bir-birlarini takrorlamagan holda aytadilar. Bunday usul bolalarda kuzatuvchan- likni, diqqatni rivojlantirish va ularning lug‘atini boyitish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, suratlarni taqqoslash ham nimasi bilan о‘xshaydi, nimasi bilan о‘xshamaydi, juda yaxshi usul hisoblanadi. Suratlarni kо‘zdan kechirish va beriladigan savollarning maqsadi rasmning asosiy mazmunini aniqlashdan, ma’lum bir guruh sо‘zlarni faollashtirishdan iboratdir. Suratni kо‘zdan kechirish mashg‘ulotida bolaning samimiy muomala me’yori, hatto muomalada kо‘z qarash- lari, boshqalar oldida о‘zini tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablari ham ahamiyatlidir.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin