Bolalarnutqinirivojlatirishningtashkiliypedagogikvametodik ishlari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivoj- lantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga ol- gan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq- dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi(1-jadval).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.
1-jadval
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida aso- san monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi.
Bola uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan mu- rakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, ting- lovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qanday- dir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qiladi.
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bo- laga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan
«noqulaylik»ni his etadi.
Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushu- narli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.
Xulosa:
Til – hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy mulo- qot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimi- ga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq– dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
«Nutqo‘stirishnazariyasivametodikasi»faniningboshqafanlar bilan uzviy bog‘liqligi.