Nokommunikativ o‘yinlar. Bunday o„yinlarda qoidalar mavjud
bo„lmaydi.
Ba‟zan bolalarning tilga bog„liq bo„lmagan kommunikativ o„yin faoliyatida
ham spetsifik xususiyatlar yuzaga chiqadi. Ular bolaning o„yinga nom berishi
jarayonida yaqqol aks etadi: Alisher Farmonov: (4 yoshu 10 oy) o„rtog„iga:
Drsh- drsh o‘yniymizmi ? - deb murojaat qiladi. Boladan «Drsh-drsh» qanday o„yin
ekanligi so„ralganda, u mazkur faoliyat turining boshni boshga urish orqali amalga
oshirilishini harakat yordamida tushuntirmoqchi bo„ladi.
Bola kattalarning turmush tarzi, his-tuyg„ulari, o„zaro muomala va muloqotga
kirishish xususiyatlari, o„ziga va o„zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol
voqelik sifatida aks etgirish maqsadida turli xil o„yinchoqlar va ularning vazifasini
o„tovchi narsa-buyumlardan keng foydalanadi. U mustaqil ravishda
o„ynayotganda nutqiy faoliyat orqali muloqotga kirishish xususiyatini yuzaga
chiqaradi. Muxlisa Mullajonova (3 yoshu 9 oy) o„yin chog„ida doimo onasi
tomonidan o„ziga nisbatan aytilgan so„zlar bilan o„yinchoq quyonchasiga,
qo„g„irchoqlariga murojaat qiladi. Hilolaxon Erkinova (5 yoshu 8 oy) esa qish
faslida bog„chaga ketishdan oldin uyda yasatilgan archaning oldiga borib,
Xayr, archa - deb u bilan xayrlashadi. Sarvarbek Umarov (3 yoshu 10 oy) nutqida ham
yuqoridagi kabi misollarni ko„plab kuzatish mumkin. U uxlashdan oldin «Mikki
Maus» o„yinchog„iga:
Xayr, yaxshi uxab tuy - deb xayrli tun tilaydi.
Albatta, bunday holatlarda bola jismlarga ijtimoiy mazmun ifoda etuvchi
voqelik sifatida yondashadi. Ushbu fikrga dalil sifatida Hayrulla Hamdamov (3
yoshu 10 oy) nutqida uchragan quyidagi misolni keltiramiz. U o„yin jarayonida
velosiped minib yurib, oyog„i bir oz toliqib qolganidan so„ng shunday deydi:
Velsapetim charchab ketti, garajga oborib ko‘yaman-da, charchab bo‘sa