Bolalar nutqiy faoliyatining rivojlanishida leksik o„yinlarning ahamiyati
kattadir. Chunki bunday o„yinlar bola nutqining o„sishi, fikrlash qobiliyatining
rivojlanishi, bilim saviyasining kengayishi va xotirasining
yanada mustahqam-
lanishiga yordam beradi. Ular intellektual-psixologik o„yin turi sifatida
o„quvchilar tomonidan ona tili lug„at tizimining o„zlashtirilishi jarayoni bilan
bog„liq masalalarni yoritishda muhim o„rin tutadi.
Bolalar nutqiga oid leksik-semantik xususiyatlar 7 yoshdan 11
yoshgacha
bo„lgan to„qqiz nafar o„quvchi o„rtasida o„tkazilgan
«Men nimani o‘yladim?»
nomli topishmoq tarzidagi intellektual- psixologik o„yin jarayonida yaqqol
namoyon bo„ldi
3
. Tajribada Jizzax shahridagi ijtimoiy fanlarga yo„naltirilgan
maxsus maktab, «Humo» bog„cha-maktabining 1-4-sinf o„quvchilari ishtirok etdi.
Sinov jarayoni quyidagi tartibda amalga oshirildi: dastlab bolalarga o„yin
ishtirokchilaridan biri biror narsani o„ylab, uning nomini emas, balki ta'rifini
og„zaki nutq
orqali adabiy tilda ifodalashi, boshqa ishtirokchilar esa ta'riflangan
so„zni topib, yozma ravishda qayd etib borishlari kerakligi aytildi. Shundan so„ng
javoblar aynan takrorlanmasligi uchun har bir sinaluvchiga o„zi ta'riflamoqchi
bo„lgan so„zni boshqa ishtirokchilarga ko„rsatmagan holda yozib borish vazifasi
topshirildi. Mazkur leksik o„yinning asosiy maqsadi bolalar tomonidan muayyan
tushunchani ifodalovchi leksemaga berilgan ta'rif orqali ularning nutqni idrok
etish darajasini aniqlashdan iborat bo„lib, ushbu tajriba usuli o„quvchilar
nofaol
lug„atining faollashuvini ta'minlaydi, shu bilan birga, bolalarda ziyraklik,
sinchkovlik sifatlari va mustaqil fikrlash qobiliyatining
rivojlanishiga yordam
beradi. O„quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bilan bog„liq muhim
masalalardan biri ularning lisoniy ongida mantiqiy tafakkurning asosiy birliklari
haqidagi tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Chunki bolaning
tafakkurida shakllangan tushuncha narsa-hodisalarga oid umumiy va o„ziga xos
belgilarni aks ettiradi. Ijodiy yondashuv asosida o„tkazilgan ushbu o„yin shartiga
ko„ra, barcha o„quvchilar tomonidan berilgan ta'riflar ularning og„zaki nutqida
adabiy til me'yorlariga muvofiq holda ifodalangan.
3
Синалувчилар нуткида ифодаланган таърифлар дикгафонга ѐзиб олинган.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta‟lim yoshdagi
bolalar tafakkurini
rivojlantirish ularda nutq jarayonini rivojlantirishga uzviy bog„liq bo„lib, tafakkur
nutqning mahsuli ekanligini hisobga olish zarur.
Adabiyotlar:
1. .Бобоева Д.Р Теварак-атрофни ўрганишда мактабгача ѐшдаги болаларнинг
боғланишли нутқини ривожлантириш: Пед.фанлари номзоди... дисс.автореф.-
Тошкент, 2001.
2. Сайтлин С.Н
Язык ребенка. Лингвистика детской речи. M.: Владос, 2000.-
240.