Tilning ko`tarilish darajasiga ko`ra
|
Tilning gorizontal holatiga ko’ra
|
til oldi
|
til o’rta
|
til orqa
|
lablanmagan
|
|
lablangan
|
Yuqori (yopiq)
|
и
|
ы
|
у
|
O`rta (yarim yopiq yoki ochiq)
|
e(э)
|
|
o
|
quyi (ochiq)
|
|
a
|
|
Ushbu jadvalda ko`rsatilganidek, unli fonemalar tilning oldinga, orqaga harakati ko`rsatkichi belgisi bilan ham ziddiyat hosil qilgan. Ushbu holatda “oraliq uchinchi” tabiatiga ega bo`lgan til o`rta yoki aralash qator unlilari mavjudki, ularning talaffuzida tilning “bel”i va uchi bir oz yuqori ko`tariladi va tilning o`zi yassi holatda bo`ladi. Bunday aralash qator unlilar ingliz tiliga xos: [ə] [з:]. Rus tilidagi [ы] va [a] unlilarining artikulyatsiyasi ham aralash qator unlilariga yaqindir. O`zbek tilidagi [i], [e], [a] rus tilidagi [u], [э], ingliz tilidagi [i], [e], [æ] unlilari til oldi unlilari sanalsa, o’zbek tilidagi [o], [o`], [u], rus tilidagi [o], [y] va ingliz tilidagi [u], [^] orqa qator unlilari hisoblanadi. O`zbek tilida bo`lgani kabi rus tilida ham lablarning ishtirokiga ko`ra, tilning ko`tarilish darajasiga ko`ra unlilar ziddiyat hosil qiladi. Chunonchi, [i], [e] unlilari “lablanmagan, til oldi” belgilari bilan “lablangan, til orqa” [u], [o] unlilariga qarama-qarshi qo`yiladi. Bu unlilarning yana o`zi ichki ziddiyatda turadi, ya’ni [i], [u] tilning ko`tarilish darajasiga ko`ra yuqori (yopiq) unli sanalsa, [e], [o] o`rta (yarim yopiq yoki ochiq) unli sanaladi.
Unli fonemalar nutqda ayrim hollarda cho`ziq, ayrim holda qisqa, qattiq va yumshoq talaffuz qilinadi. Turkiy tillar oilasiga mansub bo`lgan turkman tilida cho`ziq va qisqa unlilar ko`p uchraydi. Turkman tilida cho`ziq va qisqa unlilarning har qaysisi mustaqil fonema bo`lib, ular so`z ma’nolarini ajratib boradi: at (aat – nom, ism) – at (at - ot), ot (oot - olov)-ot (ot – o’t , giyoh). O`zbek tilida esa so`zlarni ajratib beruvchi maxsus cho`ziq unli fonemalar mavjud emas. Ammo o`zbek tili tarkibiga kirgan da’vo, va’da, ra’no kabi so`zlarda “ayn” tovushdan oldin kelgan unlilar cho`ziq talaffuz qilinadi yoki yopiq bo`g`inli til, bir, qiziq kabi so`zlarda [i] fonemasi nutqda qisqa talaffuz etiladi: til, bir qeleq kabi. Rus tilida urg`u tushgan unli cho`ziq talaffuz qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |