2. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishni ta’minlaydigan omillar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillar
1. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari 2. Nutqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi salohiyati 3. So‘z zahirasi Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutkdni rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan; — tilning adabiy meyorlari va qoidalaridan habardorlik; - o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish; — muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish; — suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni tug‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq-dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar.Bu quyidagilar bilan ifodalanadi; bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo diologik nutqni eshitadi.
Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, асосанdialogik nutqdan foydalanadilar. Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq yotadi.Shuning uchun xam nutqni rivojlantirish ta’limtarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutq muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi. Bola uchun monologik nutq shubxasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi.Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutkda tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-muloxazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘llsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri tayaaffuz qilishga harakat qiladi. Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan borliq bo‘lgan ≪noqulaylik≫ni his etadi. Hakiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va uzining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildiriliishga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq kildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir. Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutkning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishga borliq.
Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka borliq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim). To‘rtinchi qonunnyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq. Beshinchi qonuniyat: Nutq meyorlarini o‘zlashtirish tilni dis etishning rivojlanishiga borliq. Bolalarning nutqni o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash meyorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Meyorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson dayotining asosan, maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan borliq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alohida hisobga olinadi: 1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vositasida amalga oshiriladi. 2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi.
Psixologlarning kuzatishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi.Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar tug‘diradi. Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini tug‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiradi. Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi. YA’ni bolalar boshqalarning xatti-xarakatlarini, atrofda kechayotgan voqea-xodisalarni bilishga va baholashga intiladilar. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat turlari ham xilma-xil va mazmunli bo‘la boradi.
Demak, bolalar faoliyatining sermaxsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foydali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon bo‘ladigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o‘z xulqlarini yanada asosliroq boshqara boshlaydilar. Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshirikdarni mustaqil va nuqsonsiz bajarish uchun astoydil intiladilar. Bularning barchasi nutkni rivojlantirishning mudim shart-sharoitlari bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga borliq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi ahloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish va shu xildagi sifatning zidiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) tug‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘kazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqazo etiladi.Nutqni rivojlantirishga oid tevarak-atrof manbalari 1. Hayvonot va o‘simliklar dunyosi 2. Inson mehnatiga oid qurollari va texnika vositalari 3. Tevarak-atrofdagi narsa, predmetlar 4. O‘yinchoqlar, suratlar va badiiy asarlar 5. Xalq ho‘jaligi tarmoqlari (binolar, inshootlar, tarixiy joylar) 6. Tevarak-atrofda kechadigan voqea-hodisalar Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim.
Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, taqlid qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmetlarning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan qo‘yidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘li— nutdni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutq, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar); — ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari; — ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bogliq nutq o‘stirishni rejalashtirish); — o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.
Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik. - nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish; — nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish; nutq ifodaliligini baholash.
Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir; — ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqqa ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi); — muayyan mavzuga oid yozma nutqqa og‘zaki nutq bilan qiyoslash; — nutqning asta-sekin boyib borishi.