KUN TARTIBI
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
oʻquvchilarda vaqt bilan bogʻliq umumiy
tushuncha hosil qilish, vaqtni qadrlash, toʻgʻri taqsimlash, bolani bir kunlik
rejasini tuza olishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish:
berilgan savolni tushunib tartibli javob bera oladi;
eshitilgan gapdagi voqeani anglay oladi, uning qaysi hafta kuni, kunning
qismida bajarilishini topa oladi.
Ogʻzaki nutq:
soat vaqtlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; savollarga ogʻzaki
javob bera oladi; rasmga qarab oʻz kun tartibi haqida ayta oladi; dialogli
matnni oʻqishda rolga kirisha oladi.
Oʻqib tushunish:
soatni ifodalovchi raqamli konstruksiyani toʻgʻri oʻqiy
oladi; (6:30, 12:00); matnda ifodalangan vaqt va faoliyat bogʻliqligini tushuna
oladi; sheʼrning syujetini tushuna oladi; oʻxshatishlarni tushunish (umr –
daryo); rasmlarda qanday amallar bajarilayotganini aniqlay oladi; dialogni
oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq:
kun qismlarini yoza oladi; raqamlarni soʻz bilan ifodalay
oladi; soat necha boʻlganini yoza oladi; oʻxshatishlarni qatnashtirib gaplar
tuza oladi; rasm asosida oʻz kun tartibini hodisalar ketma-ketligi asosida
matn yoza oladi;
daraxt, payvand
kabi oxiri ikki undosh bilan tugovchi
soʻzlarini toʻgʻri ifodalay oladi;
toʻqqiz, ukki
kabi tarkibida ikkita bir xil undosh
qatnashgan soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; tavsiya mazmunidagi gaplar tuza
oladi.
Dostları ilə paylaş: