Tinglab tushunish:
audiomatnni tinglab, matn yuzasidan berilgan
savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi;
kayfiyatni ifodalovchi soʻzlar va vositalarni aniqlay oladi.
Ogʻzaki nutq:
dialogli matnni oʻqishda rolga kirisha oladi; bayram
nomlari va sanasini toʻgʻri talaffuz bilan ayta oladi; qoʻshiq kuylash, boshqalar
bilan birgalikdagi ritmni saqlay oladi; ogʻzaki nutqda d-t, q-gʻ tovushlarining
almashib talaffuz qilin
ishini tushuna oladi; mashgʻulotga kirish vaqtida
tushunib olish uchun aniqlashtiruvchi savollar bera oladi; rasm asosida
bogʻlanishli nutq tuza oladi; maʼlum ketma-ketlikdagi jarayonni ogʻzaki
ifodalay oladi.
Oʻqib tushunish:
dialogni oʻqib tushuna oladi; darak hamda soʻroq
ohangini, dialogdagi suhbatdoshlarning nutqini farqlay oladi; undov
belgisining gap ohangini kuchaytirishini tushuna oladi; bayramlar va sovgʻa
haqida berilgan savollarga javob bera oladi; matn asosida ochiq va yopiq
ifodalangan maʼlumotlarga asoslangan savollarga javob bera oladi; rasmlar
va matnlarni moslashtira oladi; taqvim orqali sanani aniqlash (kun, oy, yil);
jadvalni tushuna oladi; qoʻshiq uchun yozilgan sheʼrlarni ohangga mos oʻqiy
oladi; d-t, q-
gʻ tovushlarining almashib talaffuz qilinish holatlarini tushuna
oladi; mavzu bilan bogʻliq sheʼriy matnlar tahlili; sheʼrdagi ohangdoshlik va
qofiyadosh soʻzlarni ajrata oladi; ikki bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi;
fikrni dalillashda qoʻllanadigan til birliklari, ularning nutq tuzishdagi
ahamiyatini oʻzlashtira oladi; matnni mantiqiy qismlarga boʻla oladi; matn
uchun reja tuza oladi.
Yozma nutq:
oʻhhoʻ, voy, voyboʻy kabi undov soʻzlarini toʻgʻri yoza
oladi; bayram nomlarining imlosi; bayram nomlari va sanalarini moslashtirib
yoza oladi; metaforalarni qanday tushunganini yozib bera oladi; yaqin
qarindoshlarni bayram bilan tabriklash uchun tabriknoma tayyorlay oladi;
bayram turiga xos bezaklarni tanlab, rasm asosida bogʻlanishli nutq tuzib
yoza oladi; bogʻlanishli nutqda voqealar ketma-ketligiga amal qila oladi.
Dostları ilə paylaş: