Nutqiy kompetensiya



Yüklə 228,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix13.12.2023
ölçüsü228,41 Kb.
#174903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
1-sinf Standart-va-dastur

Lingvistik bilim:
maʼno kuchaytiruvchi vositalar haqida dastlabki 
maʼlumotlar; undov va soʻroq belgilarining qachon ishlatilishi, bayram 
nomlarining imlosi, tabiat bilan bogʻliq metaforalar, tovushlarning almashib 
talaffuz qilinishi, qofiya va ohangdoshlik hamda tabriknoma matni qismlari 
haqidagi bilimlarni oʻzlashtira oladi. 
Lugʻat boyligi:
soʻzlarning maʼnosini kuchaytiruvchi vositalar bilan 
tanishish: katta, voy kabi; milliy bayramlardagi sovgʻa-salomlar nomi; bayram 
nomlari 
(Vatan himoyachilari kuni, Yangi yil kabi), bayramlar bilan bogʻliq 
soʻzlar (askar, posbon, qorbobo); oy nomlari va sanalar; bayram nomlari va 


sanasi; tabiat bilan bogʻliq metaforalar; bayram tabrigi doirasida 
qoʻllanadigan soʻzlar. 
 
Mustahkamlash darsi (1 soat) 
Nazorat ishi (1 soat) 
II BOʻLIM. TABIAT NEʼMATLARI 
(24 SOAT) 
 
YASHIL SAYYORA 
(8 soat) 
Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
Yer sayyorasi va uning tabiati haqida 
maʼlumot berish, tabiat hodisalarining turlari, ularning yuzaga kelishi haqida 
dastlabki tushunchalarni hosil qilish, ekologik muammolar bilan tanishtirish, 
tabiatni asrash koʻnikmalarini shakllantirish. 
Tinglab tushunish:
audiomatnni tinglab, qayta bayon qila oladi
audiomatndagi voqealarni rasmlar bilan moslashtira oladi; matndagi kalit 
soʻzlarni aniqlay oladi; eshitganlari asosida boʻsh oʻrinlarni toʻldira oladi. 
Ogʻzaki nutq:
dialogli matnni oʻqishda rolga kirisha oladi; h va x 
tovushlarini farqlab, toʻgʻri talaffuz qila oladi; joy hamda tabiat hodisalarining 
nomini toʻgʻri talaffuz qila oladi (choʻl, oʻrmon, tuman, jala kabi); matnni qayta 
bayon qila oladi; tabiatga zarar keltiruvchi narsalar, harakatlar haqida nutq 
soʻzlay oladi; tabiatni asrashga qaratilgan harakatlar haqida nutq soʻzlay 
oladi; rasmlar asosida bogʻlanishli nutq tuza oladi; oʻzi tomonidan yaratilgan 
loyiha ishini taqdimot qila oladi (oila yoki sinf davrasida); sheʼriy matnni 
ritmga eʼtibor bergan holda ravon ijro qila oladi. 

Yüklə 228,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin