KUN TARTIBI
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
oʻquvchilarda vaqt bilan bogʻliq
umumiy
tushuncha hosil qilish, vaqtni qadrlash, toʻgʻri
taqsimlash, bolani bir kunlik
rejasini tuza olishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish:
berilgan savolni tushunib tartibli javob bera oladi;
eshitilgan gapdagi voqeani anglay oladi,
uning qaysi hafta kuni, kunning
qismida bajarilishini topa oladi.
Ogʻzaki nutq:
soat vaqtlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; savollarga ogʻzaki
javob bera oladi; rasmga qarab oʻz
kun tartibi haqida ayta oladi; dialogli
matnni oʻqishda rolga kirisha oladi.
Oʻqib tushunish:
soatni ifodalovchi raqamli konstruksiyani toʻgʻri oʻqiy
oladi; (6:30, 12:00); matnda ifodalangan vaqt va faoliyat bogʻliqligini tushuna
oladi; sheʼrning syujetini tushuna oladi; oʻxshatishlarni tushunish (umr –
daryo); rasmlarda qanday amallar bajarilayotganini
aniqlay oladi; dialogni
oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq:
kun qismlarini yoza oladi; raqamlarni soʻz bilan ifodalay
oladi; soat necha boʻlganini yoza oladi; oʻxshatishlarni
qatnashtirib gaplar
tuza oladi; rasm asosida oʻz kun tartibini hodisalar ketma-ketligi asosida
matn yoza oladi;
daraxt, payvand
kabi oxiri
ikki undosh bilan tugovchi
soʻzlarini toʻgʻri ifodalay oladi;
toʻqqiz, ukki
kabi tarkibida ikkita bir xil undosh
qatnashgan soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; tavsiya mazmunidagi gaplar tuza
oladi.
Dostları ilə paylaş: