OTOʻS.1.LK.5 sinf darajasiga mos sodda soʻz birikmalari, maqol, ibora hamda
tasviriy ifodalarning maʼnosini aniqlay oladi;
OTOʻS.1.LK.6 gaplardagi birinchi soʻzlar hamda ismlarni bosh harf bilan yoza oladi;
OTOʻS.1.LK.7 sinf darajasiga mos sodda gaplarning egasi va kesimini farqlay oladi;
OTOʻS.1.LK.8 sinf darajasiga mos matnlarda gaplarning darak, buyruq, soʻroq
hamda his-hayajon ohangida ekanini aniqlay oladi;
OTOʻS.1.LK.9 boʻgʻin koʻchirish qoidalarini amalda qoʻllay oladi;
OTOʻS.1.LK.10 narsalarning hamda shaxslarning nomini bildirgan soʻzlarni ajrata
oladi;
OTOʻS.1.LK.11 asosiy husnixat, imlo, boʻgʻin koʻchirish hamda tinish belgilari
qoidalariga amal qilgan holda gaplar hamda kichik matnlar tuzib
yoza oladi.
I SINF SAVOD OʻRGATISH VA NUTQ OʻSTIRISH (128 soat) I boʻlim. TAYYORGARLIK DAVRI (16 soat) 1. Tayyorgarlik davrida oʻqish darslari (8 soat) Oʻquv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi
amaliy
koʻnikma; darsning muayyan vaqt oraligʻida davom etishi; rasm
mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega
boʻlgan
matn tuzish; darslik
bilan ishlash; ogʻzaki va yozma nutq haqida tushuncha;
gap haqida tushuncha; soʻz va boʻgʻin haqida tushuncha; gap, soʻz, boʻgʻin
va tovush uzviyligi; unli va undosh tovush haqida tushuncha; maktab
partasida
toʻgʻri oʻtirish; darslikdan foydalanishga oid ilk oʻquv koʻnikmalarini
shakllantirish.
2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari (8 soat) Yozuv darslari oʻqish darslari bilan uzviy bogʻlangan holda olib boriladi.
Tayyorgarlik davri yozuv
darslarida oʻquvchi yozuv daftaridan toʻgʻri
foydalanish, parta ustiga daftarni
toʻgʻri qoʻyish yozuv daftari bilan oʻquvchi
oraligʻida muayyan masofani saqlash (35 cm); yozuv qurollaridan toʻgʻri
foydalanish, yozayotganda
gavdani toʻgʻri tutish va tirsaklarni toʻgʻri harakat
qildirish; yozuv elementlarini
toʻgʻri idrok etish (qayerdan boshlash, qayerda
toʻxtash, oʻngga, chapga burish, yoza boshlash, qoʻl harakatini uzmay
yozish).