Nutqiy kompetensiya



Yüklə 228,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix13.12.2023
ölçüsü228,41 Kb.
#174903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
1-sinf Standart-va-dastur

Lingvistik bilim:
ohangga mos tinish belgilari: nuqta, vergul, soʻroq, 
undovni tanlay oladi; ohang asosida gap maqsadini aniqlay oladi; atoqli ot 
tanlay oladi, uni qatnashtirib gaplar tuza oladi; ohangdoshlikni aniqlay oladi; 
sheʼrdagi badiiy tasvir vositalarini aniqlay oladi. 
Lugʻat boyligi:
oʻlchov va hajmni bildiruvchi soʻzlar; tabiatdagi 
hodisalarni ifodalovchi soʻzlar (izgʻirin, gʻizillab, izillab kabi); ibora: miq etmay. 
 
UY HAYVONLARI 
(7 soat) 
Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
uy hayvonlari, ularning turlari, qishloq 
xoʻjaligidagi moddiy ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish. 
Tinglab tushunish:
hayvonlarning ovozini tinglash orqali ularni farqlay 
oladi; badiiy uslubdagi audiomatnni tinglay oladi, undagi ochiq hamda yopiq 
ifod
alangan maʼlumotlarni tushuna; voqealar ketma-ketligini belgilay oladi. 
Ogʻzaki nutq:
uy hayvonlari haqida gapirib, ularning nomlarini toʻgʻri 
talaffuz qila oladi; hayvonlar nomi qatnashgan tez aytishlarni ayta oladi
tinish belgilarining qoʻyilishi toʻgʻrisida munozara qila oladi. 
Oʻqib tushunish:
tez aytishlarni oʻqish; voqeaband matnda berilgan 
ochiq hamda yopiq maʼlumotlarni tushuna oladi; sheʼr syujetini tushuna oladi; 
informativ matnda berilgan ochiq hamda yopiq maʼlumotlarni tushuna oladi; 
uch bosqic
hli koʻrsatmalarni tushuna oladi; oʻzi tomonidan yozilgan hikoyaga 
sarlavha qoʻya oladi. 
Yozma nutq:
uy hayvonlari hamda ularning bolalari nomini toʻgʻri yoza 
oladi; asar qahramonlarining gaplarini matndan ajrata oladi; hayvonlarning 
tovushlarini yozma ifodalay oladi (vovullash, miyovlash kabi); dialog 
shaklidagi matnni yoza olish; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratib yoza oladi; berilgan 
maʼlumotlar asosida kichik hikoya tuzib, yoza oladi. 
Lingvistik bilim:
taqlid soʻzlarning imlosi va talaffuzi; atoqli otlarning 
imlosi, hayvonlarga qoʻyilgan ismlarning ham bosh harf bilan yozilishi; 


soʻzlarni boʻgʻinlarga ajrata olish; tinish belgilarini qoʻya olish bilimlarini 
oʻzlashtira oladi. 
Lugʻat boyligi:
uy hayvonlarining bolalari qanday atalishiga oid soʻzlar 
(buzoq, qoʻzi, kuchuk kabi); tovuqning harakatlarini ifodalovchi soʻzlar (chip-
chiplash, titish, hurpayish kabi); hayvonlar chiqaradigan tovushlarga taqlid 
soʻzlar; hayvonlarga qoʻyish mumkin boʻlgan atoqli otlar; hayvonlar 
chiqaradigan tovushlarga taqlid soʻzlar. 

Yüklə 228,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin