2. Berilgan mashqlardagi gaplar tarkibida bir bo’lakning ikki martadan nomlanib – ajratilib kelgani bo’lsa, ular aniqlanadi va tahlil qilinadi.
3. Bunday bo’laklarning gap tarkibida qanday vazifa bajarayotgani va gap tarkibida nima sababdan qatnashgani aytiladi va tahlil qilinadi.
4. Gaplar tarkibida aniqlovchi qay tarzda ajratiladi va qanday vazifa bajaradi?
5. Aniqlovchining turlari gapda qanday ajratiladi?
6. Ajratilgan aniqlovchining turlari qatnashgan gaplarga talabalarning o’zlari badiiy adabiyotlardan topib kelgan misollarni o’qishadi va tahlil qilishadi.
7. Ajratilgan to’ldiruvchi haqida gapiring, uning turlariga topilgan misollarni o’qing.
8. Ajratilgan hol deb nimaga aytiladi va holning qaysi turlari ajratilishi to’g’risida ayting.
19. Badiiy adabiyotlardan holning turlari ajratilishiga misollar ayting va tahlil qiling.
10. Keltirilgan misollarga asoslanib ajratilgan ikkinchi darajali bo’laklarning gapda tutgan mavqei to’g’risida fikrlar bildiriladi.
Gapning ajratilgan bo`laklari
Reja:
1. Gapning ajratilgan bo`laklari haqida umumiy ma’lumot.
2. Ajratilgan aniqlovchilar.
3. Ajratilgan izohlovchilar.
4. Ajratilgan to’ldiruvchi.
5. Ajratilgan hol.
Gapning ajratilgan bo`laklari
Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq turdi. (O.Yoqubov). Ish qanchalik qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan ishlardik. (CH.Aytmatov).
Birinchi gapda «qo`sh yong`oqning tagida» o`rin holi o`zidan oldin kelgan «soyda» so`zining ma’nosini, ikkinchi gapda «yoshlar» o`zidan oldin kelgan «biz» so`zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo`laklaridan to`xtam (pauza) bilan ajratilgan. Ajratilgan bo`laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo`lagi shaklida qo`llangan.
Ajratilgan bo`laklar oborot shaklida ham bo`lishi mumkin. Masalan: Vohid Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog`ining yonidan o`tkazib yubordi. (O.YOqubov).
Keltirilgan gapda «uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib» ravishdosh oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan.
Demak, ajratilgan bo`laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo`lagi shaklida va 2) oborot shaklida bo`lishi mumkin.
Ajratilgan bo`laklar qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: