1-mashq. O‘qing. Gapning ajratilgan va uyushiq bo‘laklarini aniqlang, ular orasidagi farqni ayting.
1-mashq. O‘qing. Gapning ajratilgan va uyushiq bo‘laklarini aniqlang, ular orasidagi farqni ayting.
1. Yigirma kun deganda Nizomjon qorayib, ozib qirdan qaytib keldi. (S.Ahm.) 2. “Og‘aynilar, – dedi Yo‘ldoshboy xaloyiqqa o‘girilib, – bu yerda hurriyat, ozodlik to‘g‘risida gapirildi...” (H. Nu’mon, A. Shorahmedov.) 3. Yozilayotgan risolalar, qanchadan-qancha ilmiy tadqiqotlar chetga surib qo‘yildi. (J. Abd.) 4. Janob professor, men kim, kapitan Nemo, bugun, 1868- yilning yigirma birinchi martida, Janubiy qutbga... yetdim va yer sharining ana shu qismiga egalik qila boshladim. (J. Vern.) 5. ...Osib qo‘yilgan inqilobiy shiorlar kishilarni yangi hayotga – baxtiyor, ozod hayotga, da’vat qilardi. (J.Ikromiy.) 6. G‘alabamiz uchun bu imkoniyatdan qay darajada foydalana bilish bizlarga, harbiylarga, bog‘liq. (Yu. Semyonov.) 7. Lutfinisa inqillab, harsillab qizini olib jo‘nashga kirishdi. (O.) 8. Bundan bir oy oldin, olmazor bog‘lar nafis pushti rang gulga burkangan iliq bahor kunlaridan birida, ikki otliq qishloqdan chiqib, tog’ga qarab yo‘l oldi. (O. Yo.)
2-mashq. Bosh bo’laklar ajratilgan gaplarni aniqlab, ularni tahlil qiling.
1. Qudratillaxo’janing xotini – Hojarbibi o’g’lidan xursand edi. (As.M.) 2. Hokimning bunday holini kuzatib turgan ikki do’sti – Shohmurod Ko’histoniy bilan Ibrohim Do’lday iljayishib hokim yoniga kirib kelishardi. (Mirm.) 3. Hozirgina kelib to’xtagan oq “Volga”ning shofyori – novcha, barvasta yigit kabinadan chiqib turgan ekan. (H.G’.) 4. Ariqda suv tiniq, qirg’oq – maysazor ham ko’m-ko’k. (H.G’.) 5. Bu yerdan ko’cha – yangi posyolkaning shu ko’klamda ochilgan birinchi ko’chasi – Navbahor yaqqol ko’rinib turar edi. (H.G’.) 6. Bu suv, ya’ni besh foizgacha mineral tuzlari bo’lgan bu oqava suvlar yerga qanday ta’sir etarkin. (O.Y.) 7. Onam, mehribonim, keldi. 8. Sobir, ukam, injener bo’ldi. 9. Duradgor, amakim, kecha mukofot oldi. 10. Ukam, qo’zichog’im, orom olib uxlayapti.