Psixolingvistikaning asosiy xususiyatlari: inson omilini hisobga olish, vaziyat omilini hisobga olish, eksperiment tamoyiliga tayanishdir. Psixolingvistikaning eng muhim xususiyati inson omili hisoblanadi. Ya’ni inson nutqni yaratadi va idrok qiladi. Psixolingvistika bu omilni nafaqat nutqning, balki eng muhimi - tilning o‘zini ham xarakterini, mohiyatini aniqlaydigan majburiy omil sifatida o‘z modellarining tavsiflari, asos qilib olingan hukmlariga faol tatbiq qiladi. Bunda qandaydir mavhum “umuman odam” emas, balki, real dinamikali xotiraga ega bo‘lgan real odamlar, ularning yoshga oid xususiyatlar, Shaxsiy tajriba, ijtimoiy rol va h. nazarda tutiladi.
Inson omilini kiritish – bu muhim, biroq u nutq faoliyatiga psixolingvistik yonda shuvni xarakterlovchi yagona jihat emas. Modomiki, so‘zlovchi va tinglovchi omili kiritilgan ekan, o‘z-o‘zidan vaziyat omiliham kiritilgan hisoblanadi. Inchunun, kishi qandaydir vaziyatda gapiradi va eshitadi. Buning ustiga, shunchaki qandaydir konkret vaziyatda emas, balki belgilangan, aniqlangan tipdagi vaziyatda gapiradi va eshitadi. Agar til va nutqni klassik qarama-qarshi qo‘yishda barcha vaziyatlar faqat nutqqa taalluqli bo‘lgan, tilga esa vaziyat momentlaridan mustaqil, barqaror sistema sifatida qaralgan bo‘lsa, psixolingvistik yonda shuvda murakkab va dinamikali vaziyat omili inson omilidek nafaqat nutqda, shuningdek, tilda ham mavjud bo‘ladi.
Nihoyat uchinchi jihat psixolingvistik tadqiqot xususiyatini amalda tu shunish mumkin bo‘lgan eksperiment omilidir. Umuman olganda, psixolog ham lingvist ham psixolingvistikani o‘rganishga jalb qilingan. Har ikkalasi ham sotsiolog hisoblanadi. shu tomondan, ularning masalaga yonda shuv metodi ham bir bo‘ladi. Barcha sotsiologlar gipotezalarni shakllantirish va sinash bilan shug‘ullanishadi. Boshqa tomondan esa, psixologlar o‘z gipotezalarini asosan sinchiklab boshqariladigan eksperimentlar orqali tekshirishadi.
Nazorat savollari 1. Psixolingvistika fanining obyekti nima?
2. Psixolingvistika fanining predmeti nima?
3. Psixolingvistikaning sinonimi sifatida qanday termin qo‘llaniladi?