Nyuton nyuton (Newton) Isaak



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/3
tarix03.02.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#82568
  1   2   3
NYUTON


NYUTON

NYUTON (Newton) Isaak (1643.4.1, Vulstorp — 1727.31.3, London; Vestminsterda dafn etilgan) — ingliz olimi, hoz. zamon tabiatshunosligi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1672-y. dan) va uning prezidenti (1703-y. dan). Kembrij un-tini tugatgan (1665). Ilmiy ishlari uchun unga lord unvoni berilgan (1705).
Nyuton mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, butun olam tortishish qonunini ochdi, differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, koʻzguli teleskopii kashf qildi. U optikaga oid muhim eksperimental ishlar muallifi. «Yoruglik va ranglarining yangi nazariyasi» asarida (1672) yorugʻlikning korpusku-lyar tuzilishi haqidagi gipotezani ilgari surgan. Nyuton «Optika» asarida (1674) yorugʻlik aberratsiyasi, interferensiya, yoruglikdagi dispersiya, difraksiya, yorugʻlikning qutblanishi va b. hodi-salarni yoritgan. U birinchi boʻlib yorugʻlikning toʻlqin uzunligini oʻlchagan. Nyuton «Natural filosofiyaning matematik negizlari» («Negizlar»; 1687) Nyutonning eng muxim ilmiy asari hisoblanadi. U bu asarida oʻzidan ilgari oʻtgan olimlar (G. Galiley, R. Dekart, I. Kepler, X. Gyuygens, R. Guk, E. Gatey va b.) hamda oʻzi erishgan ilmiy natijalarni umumlashtirgan va klassik fizikaning asosi boʻlgan Yer va osmon mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon jismlarining harakat nazariyasini ishlab chiqqan; klassik mexanikaning asosiy tushunchalari — massasi va zichligiga ekvivalent boʻlgan materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent boʻlgan harakat miqdoriga va kuchning har xil turiga taʼrif bergan; oʻzining 3 mashhur «aksioma yoki harakat qonunlari»: inersiya qonuni (N. ning birinchi qonuni), taʼsir va aks taʼsir konuni (uchinchi qonuni)ni taʼriflagan.
Nyuton barcha sayyora va kometalarning quyoshga, yoʻldoshlarning esa sayyoralarga ular orasidagi masofa kvadratiga teskari boʻlgan kuch bilan tortishishini asoslab bergan. U butun olam tortishish qonunidan Kepler qonunlari kelib chiqishini isbotlagan. Nyuton bu asarida Oy harakatining oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirgan, shuningdek, Yer shakli va uning harakatiga oid xususiyatlarni aniklagan. U gidrostatika va gid-rodinamikaning baʼzi masalalarini qayta ishlab chiqqan; muhit (gaz va su-yuqlik)dagi jism harakatini shu muhitning aralashish tezligiga bogʻliq holda tekshirgan.
Nyuton ilgari surgan tabiatshunoslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chikishni talab etardi. U differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqqan, differensial va integral hisobning oʻzaro teskari xarakterga ega ekanligini kashf qilgan, cheksiz qatorlar sohasida yangilik yaratgan. Nyuton va undan mustaqil ravishda G. Leybnis tomonidan yaratilgan differensial xisob va integral xisob mat. taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. Nyuton Nyuton binomi formulasini ixtiyoriy koʻrsatkichga umumlashtirgan, hisoblash mat. si sohasida tenglamalarni taqribiy yechish usuli va interpolyatsiya formulasini topgan. Uning algebra va geom. ga oid boshqa ishlari ham muhim. Nyuton fizika va kimyoning koʻp sohalariga katta taʼsir koʻrsatdi. Baʼzi optik va kimyoviy hodisalarni tushuntirishda Nyuton mexanik modellardan foydalandi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin